Darslikdan foydalanish metodikasi


Download 391 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.09.2023
Hajmi391 Kb.
#1673099
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-курс-Дарсликдан-фойдаланиш-методикаси



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Ro‘yxatga olingan:
№ BD-5111200-4.03.
 DARSLIKDAN FOYDALANISh
METODIKASI
fanining
 ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 –  Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti
Nukus – 2019


2
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2018-yil 7-dekabrdagi 1000-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq
ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Y.Madrimova
Taqrizchilar: f.f.d. prof .K.Quramboev,
f.f.n. S.Matyakupov


3
KIRISH
Ushbu dasturda Darsliklardan foydalanish metodikasi o’zbek adabiyoti oqitish metodikasi fani
bo’yicha talabalarga ta’lim bosqichlarida olib boriladigan ilmiy-metodik hamda pedagogik ishlarning
turlari, dars tiplari, badiiy asarni tahlil qilishga oid metodik yondashuvlar, shuningdek, adabiyotni
o’qitishning turli zamonaviy metod va usullaridan foydalanish tizimi tavsiya etiladi.
Darsliklardan foydalanish metodikasi fani o’zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha
yetuk kadrlar tayyorlsh, adabiyot o’qitish metodikasi yo’nalishidagi ilmiy-metodik tadqiqotlarni
rivojlantirish, ta’lim tizimida adabiyot o’qitishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
0 ‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Respublikamizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar, bir tomondan ta’lim mazmunini
takomillashtirish, ikkinchi tomondan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
jadal joriy etishni taqozo etmoqda. Shunga ko'ra, muayyan fanning DTS talablarida belgilangan
mazmuni ham, o ‘quv jarayonida qo‘llangan pedagogik texnologiya ham, ta’lim-tarbiya subyekti
hisoblangan o‘quvchiga uning qo‘lidagi darslik vositasida yetkaziladi. Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov tomonidan ...darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng
ilg‘or namunalari aks etishi kerak, deb ta’kidlanishi soha mutaxassislariga yanada katta mas’uliyat
yuklaydi.
Darslik Davlat ta’lim standard va o‘quv dasturida belgilangan me’yoriy talablar asosida
o‘quvchi!arga beriladigan nazariy va amaliy tushunchalarni o‘zida mujassam etgan o‘quv ldtobidir.
Har bir darslik jamiyatning bilimli hamda ma’naviy barkamol fuqarolarini tarbiyalash uchun xizmat
qiladi. Darsliklarni tahlil qilish va undan samarali foydalana olish ko‘nikmasi bo‘lajak o‘qituvchiga
qo‘yiladigan asosiy talablardan sanaladi. Mazkur o‘quv dasturida shu haqda fikr yuritiladi.

Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling