Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet10/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : ___ § konspekt qilish. Mavzuga doir masala ishlash
Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________


Fan : Kimyo. __.___.20__-sana :
Mavzu : ___ OLTINGUGURTNING KISLORODLI BIRIKMALARI
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Kislorodli birikmalarda oltingugurt musbat oksidlanish darajasi namoyon qilishi qanday izohlanadi?
Oltingugurt oksidlari. Oltingugurtning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV)-oksid SO2 va oltingugurt (Vl)-oksid SO3.
Oltingugurt (IV)-oksid SO2. Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mirning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO2 qutbli kovalent bog‘li gaz bo‘lib, laboratoriyada sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2↓
Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo‘ladi:
2H2SO4(kons) + Cu = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O
Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib olinadi:
4FeS2 + 11O2→2Fe2O3 + 8SO2↑;
2 ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2↑.
Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o‘tkir hidli gaz bo‘lib, -10°C da suyuq, -73°C da qattiq holga o‘tadi, u kislotali oksid, suvda erib sulfit kislota hosil qiladi:
SO2 + H2O →H2SO3.
Asosli oksid va ishqorlar bilan ta’sirlashib, sulfitlar hosil qiladi:
CaO + SO2 = CaSO3;
2NaOH + SO2 → H2O + Na2SO3.
Oltingugurt (IV)-oksid katalizator ishtirokida oksidlanib oltingugurt(Vl)-oksidini hosil qiladi:
2SO2 + O2 2SO3 + Q.
Vodorod sulfidni oksidlaydi. Natijada o‘zi qaytariladi va oltingugurtni hosil qiladi:
2H2S + SO2 →2H2O + 3S↓
Oltingugurt (IV)-oksid organik bo‘yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o‘ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba’zi rezavor mevalarni yetiltirishda qo‘llanadi. Suyuq SO2 neftni tozalashda ishlatiladi. Oltingugurt (VI)-oksid SO3. SO3 ─ oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik. Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislota hosil qiladi:
SO3 + H2O == H2SO4 + Q.
SO3 ning o‘zi ham konsentrlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi. Bunda oleum hosil bo‘ladi:
H2SO4 + nSO3→H2SO4 + nSO3.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling