Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad
- 3.Rivojlantiruvchi maqsad
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : § konspekt qilish. Mavzuga doir masala ishlash . Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________ Fan : Kimyo. ___.______.201___ -sana : Mavzu : ___-§ SULFAT KISLOTA Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Konsentrlangan sulfat kislota qaysi metallarga ta’sir etmaydi? Molekular formulasi H2SO4. Uning elektron va tuzilish formulalari quyidagicha: Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun quyidagi sxema asosida boradigan kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak: FeS2→SO2→SO3→H2SO4 Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz, og‘ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g/sm3 ga teng. U suvda eritilganda juda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda quyish kerak. Aksincha, suvni sulfat kislotaga quyish mumkin emas! Sulfat kislotani suyultirish. Kimyoviy xossalari. Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan sulfat kislotaning kimyoviy xossalarida farq bor. Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha xossalarni o‘zida namoyon qiladi. 1. Metallarning faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi: Sulfat kislotaning metallar bilan o‘zaro ta’siri Rux metalining turli konsentratsiyali sulfat kislotasi eritmasi bilan ta’sirlashuvi Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 2Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2 2. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi: CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O 3. Asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi: 2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O Mg(OH)2 + H2SO4 = MgSO4 + 2H2O 4. Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi:3H2SO4 + Ca3(PO4)2 = 3CaSO4 + 2H3PO4 Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo‘lgani uchun, deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush (Ag), oltin (Au) va platina (Pt) ga, konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo‘lganda Fe ga ta’sir etmaydi. Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi: Konsentrlangan sulfat kislota qaynatilganda metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi: Konsentrlangan sulfat kislota shakar, qog‘oz, yog‘och va gazlamalar tarkibidagi sellyulozadan suvni tortib oladi va ularni ko‘mirga aylantiradi: Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun bariyning eruvchan tuzi (bariy xlorid) ni ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho‘kma tushadi: H2SO4 + BaCl2 =↓BaSO4 + 2HCl Na2SO4 + BaCl2 = ↓BaSO4 + 2NaCl Sulfatlar. Natriy sulfat — Na2SO4. Suvsiz natriy sulfat shisha va soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Na2SO4•10H2O - Glauber tuzi deyiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling