Darsning maqsadi: Oqsillarni gel-elektroforez usulida bir-biridan ajratishni o’rganish. Nazariy qism


Download 51.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.03.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1313805
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-laboratoriya.Molekulyar

7-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Oqsillarning gel elektroforezi


5. 
Zonali elektroforezda oqsillarni fraksiyalarga ajralishi tez boradi (ba’zi uslub 
bo’yash bilan birgalikda 1 —2 soatda bo’ladi).
6 . Zonali elektroforez asbobi sodda tuzilgan va erkin elektroforez asbobiga nisbatan 
arzonga tushadi.
7. Tashuvchi muhitning o’zida ajratilgan oqsil fraksiyalariga substrat ta’sir ettirib 
fermentlar aktivligini aniqlash mumkin.
Shu bilan birga elektroforezning bir qator kamchiliklari ham mavjud. 
1. Oqsillarning siljish tezligini to’g’ridan — to’g’ri aniqlab 
bo’lmaydi.
2. Aniqlanayotgan oqsil va tashuvchi muhit o’rtasida salbiy bog’lanish vujudga kelishi 
mumkin. Bunda oqsil tashuvchiga adsorbsiyalanib qolishi kuzatiladi. Qog’ozdagi 
elektroforezda adsorbsiyalanish kuchliroq bo’lib PAT da bu hodisa deyarli kuzatilmaydi. 
Zonali elektroforezning turlari. Qog’ozdagi elektroforez. Qog’ozdagi elektroforez 
keng tarqalgan usul bo’lib u maxsus filtr qog’ozda olib boriladi. Bu qog’oz yuqori 
gigroskopik bo’lishi, suvni shimishi natijasida uning og’irligi quruqligidagi og’irligiga 
nisbatan 180 — 200 marotaba oshishi shart. Elektroforez o’tkaziladigan asbobning turiga 
ko’ra elektroforez 4 soatdan 16 soatgacha davom etadi. Elektroforez qog’oz bo’yaladi va 
oqsilning ajralgan fraksiyalari aniq ko’riladi. Bo’yalgan filtr qog’ozni saqlab qo’yish 
mumkin. Agar ajratilgan oqsil miqdorini aniqlash lozim bo’lsa kerakli fraksiya qirqib 
olinib oqsil eritmaga o’tkaziladi va fotometrik yo’l bilan o’lchanadi. 
Kraxmal gelidagi elektroforez. Ayrim uslubiy qiyinchiliklar bu elektroforezning keng 
tarqalishiga monelik qildi. Bunga sabab kraxmal gelini tayyorlash, uni gidroliz qilish 
ancha murakkab jarayon ekanligidadir. Lekin shunga qaramay kraxmal geli oqsilni 
ajratishda keng qo’llaniladi, chunki bu uslubga ko’ra oqsillar faqat zaryadlanish darajasiga 
ko’ragina emas, balki molekulyar og’irligiga ko’ra ham ajratiladi. Bu esa fraksiyalar 
sonini ko’paytiradi. M: qon zardobi oqsilidan ushbu uslub bo’yicha 8 - 1 0 ta fraksiya 
olish mumkin. Kraxmal gelidagi elektroforez oqsil gomogenligini bilishda aniq uslub 
hisoblanadi.

Download 51.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling