Darsning mavzusi: Кirish. Darsning maqsadi
Download 394 Kb.
|
6 SINF TARIX KONSPEKT
Darsning maqsadi: Ta’limiy – qadimgi Misr tabiiy sharoitining o’ziga xos jihatlari va ularning odamlar mashg’ulotlariga ta’sirini ko’rsatib berish; Tarbiyaviy – misrliklar mashg’ulotlari va tabiat bilan kurashga ular boshdan kechirgan qiyinchiliklarni konkret misollarda ko’rsatish; Rivojlantiruvchi – Misr taraqqiyotida eng qadimgi jamoa tuzumidan to davlat tashkil topgunigacha bo’lgan o’zgarishlarni ko’rsatish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar – Fir’avn, delta, nomalar, Menes, memfis, Fiva; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Nil vodiysi va uning aholisi Nil vodiysi-har ikkala qirg'oq bo'ylab 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi va 6 ming kilometr uzunlikdagi sug‘oriladigan yerlardir. Nil vodiysini har ikkala tomondan tog lar mudofaa devorlaridek muhofaza qilib turadi, adirlar ortida Sahroyi Kabir va Liviya chollarining ko‘z ilg‘amas qumliklari yotadi. Daryoning har ikkala qirg‘og‘i qora tuproqli serhosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga “Misr”-“Qora tuproq” deb nom berishgan. Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg'oqlaridagi yerlarni o'zlashtirishga bel bog'ladilar. Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo’lgan. Odamlar miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgohlar “nom" deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Odamlar miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgohlar “nom" deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo’lmish Memfis shahri barpo etildi. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O’rta, Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishgan. Vaqt o‘tishi bilan “nom’lar hukmdorlari o‘z mol-mulkini ko’paytirib oldi, Misr tag'in mustaqil davlatlarga aylangan alohida “nomlarga parchalanib ketdi. 200 yildan so‘ng mamlakatning qayta birlashuvi ro'y berdi, shu tariqa, 0!rta podsholik hukmronligi davri boshlandi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri edi.
Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Misr va qo‘shni xalqlar Darsning maqsadi: Ta’limiy – Qadimgi Misr atrofidagi davlatlar va ularning o’zaro munosabatlari bilan o’quvchilarni tanishtirish; Tarbiyaviy – Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari sabablari va usullari hamda ularning natijalarini ko’rsatish; Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish. Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar – tabarzin, jang arava, xiroj, nayza; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Misr va qo‘shni xalqlar Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo'lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo'ylab qo‘shnilari oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Nubiya, Liviya, Suriya va Falastin mamlakatlari qadimgi Misrliklarga qo'shni bo'lgan. Qadimgi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlashdi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni talattirdilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O’rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo'shib olishga muyassar bo'ldilar. Miloddan avvalgi XVIII asr oxirida ko‘chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning piyoda qo'shinlaridan farqli o'laroq giksoslarning asosiy kuchi yengil aravalar-otlar qo'shilgan jang aravalari bo'lgan. Bir askar otlarni boshqarib turgan mahalda ikkinchisi kamondan dushmanlarni nishonga olib o‘q uzar edi. Quyi Misrni bosib olgan giksoslar misrliklar shaharlari va qishloqlariga hujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi. Bu mahalda O’rta podsholik ko'plab mayda “nom”larga bo'linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to'lar edi. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Qadimgi Misr dini Darsning maqsadi: Ta’limiy – misrliklarning tevarak dunyo haqidagi tasavvurlari bilan o’quvchilarni tanishtirish; Tarbiyaviy – din vujudga kelish sabablari va diniy e’tiqod shakllari to’g’risida o’quvchilarning tasavvurlarini aniqlashtirish. Rivojlantiruvchi – fir’avnlar va dindorlar dindan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishi haqida hikoya qilib berish. Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - Amon-Ra, tot, Osiris, ibodatxonalar; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Qadimgi Misr dini Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bolagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o‘tib olib, mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o‘rnatilgan. Kohinlar-ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Piramidalar va dahmalar Darsning maqsadi: Ta’limiy – misr aholisining turli-tuman marosimlariga o’quvchilar diqqatini qaratish; Tarbiyaviy – fir’avnlar piramidalar bunyod ettirish bilan hokimiyat abadiyligi to’g’risida aholi tasavvurlarini mustahkamlaganligiga asosiy e’tiborni qaratish; Rivojlantiruvchi – odamlar va hayvonlarni mo’miyolashtirishni sabablarini ochib berish. Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - piramida, sifnks, toshtobut, mumiyo; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Piramidalar va dahmalar Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan! Eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida uch fir’avn-Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalarjahonning yetti mo'jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Yirik piramidalarni o'rtacha 20 yil davomida qurishgan. Bu og'ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar-tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo‘lgan ulkan haykallar qo’riqlaydi. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bolgan. Odatda mumiyoiash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko'pdan ko‘p matolar bilan o‘rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Hasharotlar orasida qo‘ng‘iz alohida hurmat-e’tiborga sazovor edi. Misrliklar diniy e’tiqodiga ko‘ra, xudolar ko'pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida gavdalanadi. Misrliklar xudolari birtalay bo'lgani tufayli deyarli barcha hayvonlar xudo deb hisoblangan. Mushuk, qo‘y, ho'kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Qadimgi Misr madaniyati Darsning maqsadi: Ta’limiy – Qadimgi Misr madaniyati misolida insonning xo’jalik faoliyati ehtiyojlaridan nazariy bilimlar va yozuvning kelib chiqish umumiy qonuniyatlarini ochib berish; Tarbiyaviy – misrliklar bilimlarining yuksak darajasini ko’rsatish; Rivojlantiruvchi – Qadimgi Misr madaniyatining jahon sivilizatsiyalari madaniyatiga ta’siri to’g’risida o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, ajurli arra; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - iyerogliflar, xattotlar, me’morchilik; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Qadimgi Misr madaniyati Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg'ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun ham uni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi’ deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni “iyerogliflar’’ deyishgan (“toshga chekilgan muqaddas bitlar’’ ma’nosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo'lgan. Har bir so‘z o‘zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon 1822-yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o'qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo'ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmadi, matnlarni taqqoslab ko'rib, har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi. Misrda asosiy o‘lchov birligi “tirsak” bo‘lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo‘llar uzunligi turlicha bolgani sababli “podsho tirsagi" degan yagona o‘lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo'lgan. “Podsho tirsagi” butun mamlakat uchun andazaga aylangan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o'lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanilgan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o‘lchami bir “tirsak”ni tashkil etgan. Misrda vaqt 24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat suv soatlari yordamida o'lchangan. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: 2-nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta’limiy – o`quvchilarning bilim darajasini aniqlash; Tarbiyaviy – o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash; Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish. Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - oldingi darslarda o’tilgan barcha atamalar Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. 2-nazorat ishi
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Mesopotamiya sivilizasiyalari Darsning maqsadi: Ta’limiy – Mesopatamiya tabiiy sharoiti xususiyatlarini va ularning Misr tabiiy sharoitidan farqini ko’rsatish; Tarbiyaviy – Mesopatamiya aholisi xalq og’zaki ijodi bilan tanishtirish va uning tarixiy voqelik aloqasini ko’rsatish; Rivojlantiruvchi – o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, munozara; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - Mixxat, shahar-davlat, podsho, Gilgamish; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Mesopotamiya sivilizasiyalari Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig'i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko'chib joylashganlar. Tabiiy sharoitiga ko‘ra Mesopotamiya Misrni esga soladi-daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar, o'rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg'ir va daryolar toshqini boshlanadi. Mil. avv. 4-mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli “hayot daraxti deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Mesopotamiyadagi og‘irlik o'lchovi bo'lgan “mino” 550 gramm kumushga barobar edi. Mil. avv. 4-mingyillikda shumerlar eng qadimgi yozuv-mixxatni ixtiro qilishgan. miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi. . Ular shahar-davlatlar deb nomlangan. Shamash - Quyosh xudosi; Sina - Oy xudosi; Ea - suv xudosi; Ishtar - hosildorlik va sevgi, hamda ikki yuzli urush va g'alaba ilohasi; Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari-zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muhtasham inshoot ko‘rinishida bo'lgan. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Bobil podsholigi Darsning maqsadi: Ta’limiy – Xamurappi qonunlari konkret misolida podsho nafaqat o’z manfaatlarini, balki barcha quldorlar manfaatlarini ham himoya qilganligini ko’rsatib berish; Tarbiyaviy – o’quvchilarni bobilliklarning ilmiy yutuqlari bilan tanishtirish; Rivojlantiruvchi – Bobil minorasi va u bilan bog’liq afsona haqida hikoya qilib berish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - Bobil, xudolar darvozasi, Xammurapi, Navuxodonosor; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Bobil podsholigi Bobil-“xudolar darvozasi’’ Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o'ringa ega bo'lib, Frotva Dajla daryolari o'zanlari deyarli bir-biriga qo'shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Miloddan avvalgi XVIII asrda (mil. avv. 1792-1750 yillar) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi deyarli o‘ttiz yil davomida qo'shni mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan keyin tog'lik kassitlar qabilasi shaharni bosib oladi. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o‘z ravnaqi choqqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo'shib oladi, lyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar-munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo'lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland, ko'pzinali ibodatxonalar-zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mil. avv. 3-mingyillikdayoq Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo'yicha dasturilamal tuzilgan edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo'ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. Download 394 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling