Darsning mavzusi: Кirish. Darsning maqsadi


Download 394 Kb.
bet3/6
Sana09.11.2020
Hajmi394 Kb.
#142799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 SINF TARIX KONSPEKT


IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Old Osiyo davlatlari va ularning qo‘shnilari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarni Old Osiyoning eng yirik davlarlari tashkil topishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish;

Tarbiyaviy – Old Osiyo davlatlarining doimiy urushlar oddiy xalqni xonavayron qilgani hamda davlatlarning o’zi ham halokatga yuzlanishiga olib kelganligini ko’rsatish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar - Xett, Mitanni, Ossuriya, Nineviya , Oshshurbanapal.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Old Osiyo davlatlari va ularning qo‘shnilari

Miloddan avvalgi 2-mingyillikda Old Osiyo hududida o'lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan.

Xett podsholigi ho­zirgi Turkiya, Mitanni davlati esa hozirgi Suriya hududida joylashgan.

Miloddan avvalgi XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni “dengiz xalqlari” deb atash­gan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi.

XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Os­suriya podsholigi o‘z ravnaqining yuqori cho‘qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsho­ligi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi.

. Urartu davlati Kavkazortida, Urartu podsholigi Van, Urmiya va Sevan ko'llari oralig'ida joylashgan edi. Aholisini urartlar deyishgan. Mil. avv. X-IX asrlarda Finikiyada Tir-Sidon pod­sholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda bu davlatni Ossuriya podsholigi bosib oldi. Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblarto'plami “Bibliya”ga jamlangan, bu so‘z yunonchadan “kitob” degan ma’noni anglatadi. “Bibliya’da Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar- Odam ato va Momo havo yaratilishi, Yer yuzini To‘fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjuddir.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Ahamoniylar davlati

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – O’quvchilarga Fors davlati haqida umumiy tushuncha hosil qilish;

Tarbiyaviy – o’quvchilarga Kir II va Doro I ning bosqinchilik yurishlarni tushuntirish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – Kir II, Doro I, Elam, Suza, Frakiya, Kiaksar;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Ahamoniylar davlati

Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan.

Bu hududda qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil. avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'rnashadi.

Mil. avv. 3-mingyillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo'lgan. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo'lmish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati osti­da birlashtirdi. Midiya podsholigini bo'ysundirganidan so‘ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. 539-yil). Eronliklar O’rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O’rta Osiyoga, saklarva massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi.

Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.

Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (mil. avv. 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar alangalanib ketdi. Doro I butun mamlakat uchun “doroyi” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi.

Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo'lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod hukmronlik qilgan.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A” sinf 06.12. 2016-yil.



Darsning mavzusi: Hindiston sivilizatsiyasi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga Hindiston yarimoroli, Hind va Gang daryolari haqida umumiy tushuncha berish;

Tarbiyaviy – o’quvchilarni Hindiston xalqi madaniyati bilan tanishtirish;

Rivojlantiruvchi – o’quvchilarga bilim, ko’nikma, malaka shakllantirish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.

Asosiy tushunchalar – Hind va Gang, Chandallar, Tabaqalar, oriylar, braxmanlar;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Hindiston sivilizatsiyasi

Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan. Miloddan avvalgi 3-mingyillikda Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik sha­harlari edi. Miloddan avvalgi 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriylar-Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko'chmanchi qabilalar bo'lgan. Oriylar hujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa butunlay vayronaga aylanadi. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab to‘rt guruhga ajratilgan edi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar - braxmanlar, jangchilar - kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar - vayshilar, xizmatkorlar va qullar-shudralar.

Hindlarning e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o‘z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo‘llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Birtabaqadan boshqasiga o'tishning ham iloji bolmagan. Tabaqalardan birortasiga ham mansub bo‘lmaganlar esa alohida maqomga ega bo'lishgan. Bundaylarni “chandafya’ni “hazar qilinadiganlar” deyishgan. “Chandallar” maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi.

Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bolgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hi­soblangan.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:____________________MUROTOV .B

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – O’quvchilarga Hindiston davlatlari haqida umumiy tushuncha berish;

Tarbiyaviy – o’quvchilarga Buddaviylik dini haqida tushuncha hosil qilish;

Rivojlantiruvchi – o’quvchilarni dinimizga hurmat ruhida tarbiyalash;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – Pataliputra, Maurya, Sanskrit, Siddhartha Gautama.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Hindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoni zabt et­ganidan so‘ng miloddan avvalgi 327-yilda Panjob o’lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o‘lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko'rsatadilar. Makedoniyalik Alek­sandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi. Mil. avv. 318-yilda yunon-makedon qo'shin­lari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Hindlar 360 kundan tarkib topgan Quyosh kalendari tuzadilar. Hindlar “nol“ni ifodalovchi maxsus belgini o'ylab topadilar. Raqamlarni shunday yoza boshladilar-ki, bugungi kunda ularni butun dunyoda shun­day yozadilar.

Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo‘lmish sanskrit ishlab chiqildi. “Mahobharata”, “Ramayana”, “Panchatantra” eposlari (dostonlari) hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan bo'lib, ular bu­gungi kunga qadar yetib kelgan.

Jamiyatdagi o'zgarishlar ta’sirida hindlarning diniy e’tiqodlari ham islohotga yuz burdi. Yangi buddaviylik dini yaratilishi Budda taxallusini olgan

shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog’ liqdir.

Avvaliga buddaviylarda xudo bo'lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Xitoy sivilizatsiyasi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga Xitoyning qadimgi sivilizatsiyalari haqida umumiy tushuncha berish;

Tarbiyaviy – Xitoy aholisining asosiy mashg’ulotlari va “Ko’p podsholiklar davri” ni tushuntirish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – Xuanxe, Yantszi, Shan, Chjou, Zafaryor;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Xitoy sivilizatsiyasi

Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo‘ylarida miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklarda kurtak yoya boshladi. Qadimgi

Xitoy davlati Xuanxe daryosining o‘rta oqimida vujud­ga keladi (xitoycha “Xuanxe”-“Sariq daryo" ma’nosini anglatadi).

Xitoyliklar “beqaror daryo’’, “minglab ofatlardaryosf’ deb ham ta’riflagan Xuanxe o'zanini tez-tez o'zgartirib turardi. Miloddan avvalgi 3-mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo bo'la boshladi. Mil. avv. 2-mingyillik o'rtalarida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi "Shan" deb atalgan. Mil. avv. 2-mingyillik oxirida Shanga qo'shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o'zinikiga qo'shib oldi va “Chjou” degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois hukmdorlar uni “Zafaryor” yoki “O’rta podsholik” deb, ozlarini esa “Osmon o‘g‘illari” deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan edi.

Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo'lgan. Xitoy aholisi keyinchalik “choy” daraxtini ham ye­tishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo'lmish “choy” tayyorlanadi.

Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi. Shu taxlit, miloddan avvalgi VII-V asrlardagi katta davr tarixda “ko‘p podsholiklar1’ davri nomini olgan. Xitoyda ayni mahalda “kurashayotgan podsho­liklar1’ davri ham boshlanadi. “Zafaryor’’-imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukm­dorlari o'rtasida boshlangan urushlar200 yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o'zining barcha raqiblarini yo‘q qilib tashlab, miloddan avvalgi III asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ 6



Darsning mavzusi: Miloddan avvalgi II–I asrlarda Xitoy

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga markazlashgan davlatni tashkil etishni va buyuk Xitoy devori qurilishi haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy – Xitoydagi xalq qo’zg’olonlari haqida umumiy tushuncha berish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar - Sin Shixuandi, buyuk Xitoy devoir, iyerogliflar;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Miloddan avvalgi II–I asrlarda Xitoy

Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri bo'lmish Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o'z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246-210-yillar) nomini qabul qilgan, bu nom “Sinning birinchi hukmdori’ de­gan ma’noni bildiradi. O'z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator noiblarini rahbar etib tayinladi.

Aslida qattiqqo'l bo'lgan Sin Shixuandi o'z raqib­larini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Uning hukmron­ligi davrida Xitoy gullab-yashnadi: dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi.

Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko'chmanchi xunnlarning ahyon-ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Buyuk devorni bun­yod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi.

Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo’zg’oloni alangalanib ketdi. Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi. Qo‘zg‘olonchilar poytaxtni egallab oldilar. Imperiya vayronalarida Xan sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi. Bu sulola davlati imperator U-Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-87-yillar) eng qudratli davlatga aylangan va mil. 220-yilga qadar mavjud bo'lgan edi.

“Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni' II asrdagi eng yirik isyon bo'ldi. Bu qo‘zg‘olonga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan, qo‘zg‘olon ko'targanlar orasida harbiy san’at bilimdonlari ham bolgan. Xunnlar hujumlari zo'rayishi bilan davlat ham kuchsizlanib qoldi, milodiy IV asrda Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: 3-nazorat ishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o`quvchilarning tarixiy bilimlarini chuqurlashtirish;

Tarbiyaviy – tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi – olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga orgatish.

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, yozma, test sinovi;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – o’tilgan mavzulardagi barcha atamalar;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. 3-nazorat ishi

Nazorat ishi test javoblari

I-variant

II-variant

1-d

1-c

2-b

2-c

3-c

3-c

4-b

4-c

5-d

5-a

6-c

6-d

7-d

7-c

8-a

8-b

9-b

9-b

10-c

10-c

11-a

11-b

12-a

12-c

13-d

13-b

14-c

14-a

15-b

15-a

16-b

16-a

17-c

17-a

18-c

18-d

19-c

19-b

20-c

20-d

21-a

21-c

22-c

22-a

23-b

23-b

24-a

24-c

25-b

25-b

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A” 13.12.2016-yil



Darsning mavzusi: O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi aholining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi haqida ma’lumot berish;

Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling