Darsning mavzusi: Кirish. Darsning maqsadi
Download 394 Kb.
|
6 SINF TARIX KONSPEKT
Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Кirish. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy –o’quvchilarni joriy yildagi fan dasturlari, maqsadlari va vazifalari bilan tanishtirish; b) Tarbiyaviy – qadimgi dunyo tarixi bo’yicha manbalar va adabiyotlar sharhini o’tkazish; c) Rivojlantiruvchi –o’quvchilarda vatanparvarlik va o’z vatanidan faxrlanish hissini shakllantirishni davom ettirish; Darsning usuli – Aralash. Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” kitobi, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushunchalar - qadimgi dunyo tarixi, epikrafika, numizmatika, svilizatsiya, xronika; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G'arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o'rganiladi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi hol) aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi. Olimlar o'qigan qadimgi matnlar, masalan, “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi” misrliklar tarixi haqida, “Bibliya”-yahudiylar, “Rigveda”-hindlar, “Avesto” esa O’rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim davlatlari va O’rta Osiyoning ilk davlatlari hukmronligi davridan beri oradan ming yillar o'tdi. Biroq qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko'pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik turmushimizda foydalanib kelmoqdamiz. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g'ildirak, sopol suvquvurlari, gazlamalar, yozuv va hokazolardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga bilim va tarbiya berayapti.
Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Qadimgi tarix sivilizatsiyasining ibtidosi. Darsning maqsadi: Ta’limiy –eng qadimgi jamoa tuzumi va uning davrlashtirilishi haqida tasavvur berish; Tarbiyaviy – o’quvchilarga eng qadimgi odam rivojlanishi kechgan sharoitni ko’rsatib berish; Rivojlantiruvchi –odam rivojlanishi uchun tabiiy sharoitning ahamiyati to’g’risida hikoya qilib berish; Darsning usuli – Aralash. Aqliy hujum, zig-zag; Darsning turi – Yangi bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” kitobi, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushunchalar – Arxeologiya, tarix, etnografiya, ashyoviy manbalar, Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III. Yangi mavzu bayoni: Arxeologlar - qadim o'tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Antropologlar - qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko'rib,ularning tashqi ko'rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro‘y bergan o'zgarishlarni nazardan o'tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar - hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko‘pgina udumlari, xo'jalik va madaniyat an’analarini o'rganadilar. Lingvistlar, ya’ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo'sinda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar. O’rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari –Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyalari yozuvlaridir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug'iga ko‘ra qoyaga o'yib yozilgan uch til –qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt etgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya davlatlari sanab o'tiladi. O’zbekiston geografik jihatdan qadimdan O’rta Osiyo deb atalmish hudud tarkibiga kiradi. O’zbekiston ancha katta hududni egallagan. Amudaryo va Sirdaryo oralig'i, Farg'ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi, o‘zining serhosilligi tufayli insoniyatning eng qadimgi makonlaridan biriga aylangan. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari Darsning maqsadi: Ta’limiy – Yer yuzida hayot vujudga kelishi to’g’risida mavjud qarashlar haqida hikoya qilib berish; Tarbiyaviy – eng qadimgi odamning mehnat qurollari hamda mahorat va ko’nikmalari takomillashishini aniq misollar bilan tavsiflash; Rivojlantiruvchi – ibtidoiy odamda diniy e’tiqodlar vujudga kelishi sabablarini tushuntirib berish; Darsning usuli – Aralash. Aqliy hujum, Panaramma. Darsning turi – Yangi bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” kitobi, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushunchalar – zinjantirop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal kramanon, chopperlar; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari Avstralopitek - Janubiy Afrikadan, Zinjantrop - Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan, Pitekantrop – Yava orolidan (Indoneziya), Sinantrop - Xitoy hududidan, Neandertal - Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Germaniyadan, Kromanyon - Fransiyadagi Kromanyon g'oridan hozirgi qiyofadagi odam kromanyon topib tekshirganlar. Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan kezlarda odamlar manzilgohlari kichkina daryolaryoki soylar yaqinida gi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so‘nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi. Ibtidoiy odamlar o'ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni Kromanyon yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. A. P. Okladnikov tomonidan 1938-yilda Boysun tog‘larida topilgan Teshiktosh g‘ori qadimgi tosh asri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g‘oridan uch mingga yaqin tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Laskova Boshqirdistondagi Kapova g'orlaridan topilgan. Qadimgi odam manzilgohlari Afrika, Osiyo va Yevropanmg ko'pgina mamlakatlaridan topil gani ma’lum. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg'ona vodiysidagi Selungur man zilgohidan va Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq manzil gohidan ham topilgan. Bunday qo'pol tosh qurollari ning uchi bir tomonga qaratib o'tkir langan edi. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Urug'chilik jamiyati Darsning maqsadi: Ta’limiy – O’rta Osiyoning qadimgi tarixi bo’yicha o’quvchilar bilimlarini tizimlashlashtirish jarayonini davom ettirish; Tarbiyaviy – O’zbekiston hududida eng qadimgi odamning makon tutishi xususiyatlari haqida hikoya qilib berish; Rivojlantiruvchi –olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish; Darsning usuli – Aralash. Aqliy hujum; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar – mikrolitlar, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, so’ngi paleolit, neolit, mezolit davri; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. So'nggi paleolit davrida (miloddan avvalgi 40-12-mingyilliklarda) ko‘pdan ko‘p voqealar ro‘y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o'zgardi. Odamning o‘zi ham, tashqi qiyofasi ham o'zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam-kromanyon odami yashagan edi. Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo'lishgan. Inson endilikda taqinchoqlar-munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug'ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug‘ a’zolari bitta manzilgohda yashagan.
So'nggi paleolit davrida (miloddan avvalgi 40-12-mingyilliklarda) Mezolit davri (mil. avv. 12-7 mingyilliklar) Neolit davri (mil. avv. 6-4 mingyilliklar) Eneolit davri (mil. avv. 4-mingyillik-3-mingyillik o‘rtalari)
Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Eneolit va bronza davri Darsning maqsadi: Ta’limiy – eng qadimgi odam bilan mehnat qurollari o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro bir-biriga bog’liqligini ko’rsatib berish; Tarbiyaviy – chorvachilik va dehqonchilikka o’tilishining sabab-oqibat aloqalarini ko’rsatib berish; Rivojlantiruvchi – O’zbekiston hududida bronza davriga konkret misollarda xarakteristika berish; Darsning usuli – Aralash. Ajurli arra; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar – eneolit, patriarxat oila, bronza, Sopollitepa, Zamonbobo; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. Mil. avv. 4-mingyillikda qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O’rta Osiyo janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi, xom g'ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o'simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo'ldi. Bronza davri dehqonlarining manzilgohlari Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan. Qadimgi dehqonchilik manzilgohlari Xorazm hududida ham topilgan. Patriarxal oila-ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir. Zamonbobo-Buxoro viloyati Qorako‘1 tumanidagi Zamonbobo ko'li bo'ylarida miloddan avvalgi 2-mingyillikdayashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi. Sopollitepa-O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlari manzilgohidir (mil. avv. 2-mingyillik). Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa harakatlantirish vositalari ham vujudga keldi.
Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyoda xettlar Qadimgi temirchilar (miloddan avvalgi XIV-XIII asrlar), so'ngra qo'shni mamlakatlar (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlari foydalana boshladi. Harbiy demokratiya - ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga saylab qo'yiladigan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir. Mil. avv. I mingyillik boshlarida O’rta Osiyoda aholi to'rt guruhga ajratilgan: 1. Kohinlar 2. Jangchilar 3. Dehqonlar 4. Hunarmandlar. “Avesto”dan O’rta Osiyoda jamiyatning negizi: “Nmana” - katta patriarxal oila; “Varzana"- hududiy qo’shnichilik jamoasi; “Zantu" - qabila; “Dah’yu” - o’z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa uyushgan. “Avesto”ga ko'ra, jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud bo‘lgan:
oqsoqollar kengashi xalq yig'ilishi alohida tumanlar hukmdorlari viloyatlarning hukmdorlari. Mil.avv. IX-VIII asrlar O’rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelgan. Harbiy demokratiya-ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga saylab qo'yiladigan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir. IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: 1-nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta’limiy – o`quvchilarning tarixiy bilimlarini chuqurlashtirish tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish; Tarbiyaviy – o`quvchilar olgan bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash. Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish. Darsning usuli – Aralash, yozma Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, savollar yozilgan varaqalar; Asosiy tushunchalar – oldingi darslarda o’tilgan barcha atamalar Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. 1-nazorzt ishi
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Takrorlash Darsning maqsadi: Ta’limiy – oldingi darslarda o’rganilgan mavzu bo’yicha materialni takrorlash va umumlashtirish; Tarbiyaviy – eng qadimgi jamoa tuzumining asosiy davrlari bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini tizimlashtirish; Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarini o’z ornida qo’llay bilish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - oldingi darslarda o’tilgan barcha atamalar Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) III.Yangi mavzu. 1. Nega arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini “Tosh davri” deb atashadi? 2. Tosh asri davrlarini sanab bering? 3. Ilk paleolit odami tashqi ko’rinishini tasvirlab bering? 4. O’rta paleolit davrida eng qadimgi odamning mashg’ulotlarini sanab bering? 5. Ilk qoya rasmlari qaysi davrda paydo bo’lgan? 6. So’ngi paleolit davrining muhim ixtirolarini ayting? 7. Mezolit davri paleolit davridan nimasi bilan farq qiladi? 8. Mis bronzadan nimasi bilan farq qiladi? 9. Mayda va yirik chorva mollari qachon xonakilashtirilgan? 10. Temirdan mehnat qurollari yasashning boshlanishi jamiyatda qanday o’zgarishlarga olib keladi? 11. Temir buyumlardan foydalanish qachon boshlangan? 12. Ilk davlat birlashmasining vujudga kelishi qanday omil bilan bog’liq? 13. Neolit davri ixtirolarni sanab bering? IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ Darsning mavzusi: Nil vodiysi va uning aholisi Download 394 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling