Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Download 285.79 Kb.
bet18/57
Sana18.06.2023
Hajmi285.79 Kb.
#1584917
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Bog'liq
5 sinf tarix fanidan konspekt

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi
Misr ehromlari: Misr ehromlari Joser, Xufu, Xafra, Menkura. Misr ehromlarning eng kattasi Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr bo’lib , mill. avv. 2600-yilda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng. Bu ehromga 2 million 300 mingta ohaktosh plitalaridan tiklangan.
Bobil osma bog’lar: Bu bog‘lar mill.avv VI asrda Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) Navuxodonosor II tamonidan qurilgan . Samoviy bog‘larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog‘liq. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan malika Semiramidaga atab bunyod etilgan. Uni yetti iqlimda yo‘q «bog‘i Eram» deb madh etishgan.
Olimp xudosi Zevs haykal: Bu haykal o‘z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Haykal nihoyatda ulug‘vor bo‘lib, balandligi 12 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o‘tirgan holda tasvirlamgan. O’ng qo’lida- ma’buda Nikaning haykali, chap qo’lida-muqaddas burgut o’rnatilgan podsholik hassasi ifodalangan.
Ma’buda Artemida ibodatxonasi: Ibodatxona Kichik Osiyoning Efes shahrida joylashgan. Bu ibodatxona marmardan ishlangan bo‘lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan va miloddan avval 550-yilda tugallangan. Koshona g‘oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Mil.avv 356-yilda Gerostrat degan kimsa nom tarixda qoldirish maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yadi. Lekin uning nomi tarixda bema’ni vahshiylik ramzi bo‘lib qoldi.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________

Download 285.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling