Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi
Download 285.79 Kb.
|
5 sinf tarix fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi odamlarning turmush tarzi Darsning maqsadi: Ta’limiy
- Darsning turi
- II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ Darsning mavzusi: Qadimgi odamlarning turmush tarzi Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga ajdodlarimizning og’ir hayoti, mashaqqatli mehnati haqida tushuncha berish; Tarbiyaviy – o’quvchilarni hayotni sevish, uni qadriga yetish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish; Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar – bronza, qabila, chorvachilik, ibtidoiy to’da; Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa III.Yangi mavzu. Qadimgi odamlarning turmush tarzi Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasashgan. Shuningdek yog’ochdan ham foydalanilgan. Neandertal odami toshdan yanada uchqurroq mehnat qurollari yaratishga muvaffaq bo’lgan. Kramanon odamlari esa toshdan pichoq, nayza, turli xil kesgich, qirg’ich, bigiz, suyakdan igna, qarmoq yaratishga muvaffaq bo’lganlar.
Suyakdan igna yasash kramanon odamlarining tikishni kashf etganliklarini ham anglatar edi. Ayni paytda irg’itiladigan qurol – sanchqi ham yaratganlar.Bora – bora odamlar kulolchilikni o’rgangan. Davrlar o’tishi bilan misdan, keyinroq bronzadan mehnat qurollari yasashni o’rganib olganlar.
Miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarda odamlar o’troq hayotga o’ta boshladilar. Bu esa dehqonchilik va chorvachilikning yanada rivojlanishiga olib kelgan. Qadimgi odamlar dastlabki davrlarda kichik daryo bo’ylari va buloqlarning yonini o’zlariga makon qilib olishgan. Shox-shabalardan uy-joy qurganlar. Davrlar o’tishi bilan odamlar paxsa va guvalali uylar qurishni o’rganib olganlar. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda esa ko’p xonali uylar qurila boshlangan. Download 285.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling