Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, AKT – videoproyektor
Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. Hasanbek Rumluning asari berilgan javobni toping.
A) “Eng go‘zal tarix” B) “O‘zbeklar Xorazmda”
C) “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” D) “Qo‘ng‘irotlar sulolasi”
2. 1997-yil Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan chop etilgan asarni aniqlang.
A) “Xiva – ming gumbaz shahri” B) “O‘zbeklar Xorazmda”
C) “Eng go‘zal tarix” D) “Shajarayi Xorazmshohiy”
3. XVIII asr oxirlarida Xiva xonining ko‘zi ojiz amakisini davolash uchun Orenburgdan taklif etilgan vrachni aniqlang.
A) R. Baziner B) Blankennagel C) N. Ignatyev D) S. Jukovskiy
4. Xiva xonlari arxivi ruslar tomonidan Peterburgga olib ketilganidan qancha vaqt o‘tib, u Toshkentga qaytarib olib kelindi?
A) bir asr B) 89 yil C) 75 yil D) 120 yil
5. Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixini … topshirig‘i bilan … yozgan edi?
A) Rahimqulixon, Ogahiy B) Muhammad Rahim I, Munis
C) Asfandiyorxon, Yusufbek Bayoniy D) Muhammad Rahim II, Ogahiy
6. Quyidagi qaysi rus elchisining O‘rta Osiyo haqidagi “Esdaliklar”i fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan?
A) I. Xoxlov B) F. Benivini C) N. Ignatiyev D) N. Muravyov
7. Sherg‘ozixon madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan?
A) 1765-yil B) 1780-yil C) 1718-yil D) 1721-yil
8. XIX asr boshlarida Xivada … masjid, … xon saroyi, … madrasa bo‘lgan.
A) 22 ta, 1 ta, 35 ta B) 17 ta, 2 ta, 22 ta C) 27 ta, 3 ta, 17 ta D) 83 ta, 1 ta, 21 ta
9. Xiva shahrini o‘rab olgan Dishan qal’a devori qurilishida rahbarlik qilgan mehtar lavozimidagi shaxsni aniqlang.
A) Muhammad Yoqub B) Mahmud Niyozbiy C) Polvon Abdusattor D) Olloyorbek
10. Dishan qal’a devorining balandligi necha metr bo‘lgan?
A) 5-6 m B) 9-10 m C) 10-12 m D) 7-8 m
Do'stlaringiz bilan baham: |