Darsning ta’limiy maqsadi


Download 156.5 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1138857
1   2   3
Bog'liq
uglevodlar

Yangi mavzuni o’rganish.
Reja:
1. Uglevodlar haqida umumiy tushuncha.
2. Monosaxaridlar.
3. Disaxaridlar.
4. Polisaxaridlar.
Biologiyadan olgan bilimlarimizga asoslanib, bugungi mavzu bo’yicha suhbatlashamiz.
Savol: Uglevodlar haqida nimalarni bilasiz?
Savol: Uglevod deyilishiga sabab nima?
Savol: Uglevodlarning umumiy formulasi qanday?
Savol: Uglevodlar qanday guruhlarga bo’linadi?
Savol: Monosaxaridlarga nimalar kiradi? Ularning o’ziga xos xususiyati nimadan iborat?
Savol: Disaxaridlarga nimalar kiradi? Ularning o’ziga xos xususiyati nimadan iborat?
Savol: Polisaxaridlarga nimalar kiradi? Ularning o’ziga xos xususiyati nimadan iborat?
Har bir qator o’quvchilariga topshiriq beriladi. 1-qator o’quvchilari monosaxaridlar haqida, 2-qator o’quvchilari disaxaridlar haqida, 3-qator o’quvchilari polisaxaridlar haqida quyidagi sxema asosida ma’lumotlarni taqdimot qilishlari kerak.

O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha taqdimot qilib bo’lganlaridan so’ng o’qituvchi ularning fikrlarini to’ldiradi.
Uglevodlarning kimyoviy xossalarini namoyon etuvchi xarakterli reaksiyalarni laboratoriya tajribalari orqali ko’ramiz. Tajribalar o’qituvchi va laborant yordamida o’quvchilar tomonidan bajariladi.Tajriba bajarilayotganda ,albatta xavfsizlik qoidalariga rioya qilishimiz kerak.
Kimyoviy reaksiya tenglamalari o’quvchilar tomonidan doskaga yoziladi.
1. Glyukozaning o’ziga xos xossasi “kumush ko’zgu” reaksiyasi:
CH2OH-(CHOH)4-CHO + Ag2O -» CH2OH-(CHOH)4-COOH + 2Ag.
Glukozani mis (Il)-gidroksid bilan qaynatilganda glukon kislota hosil bo‘ladi:
CH2OH-(CHOH)4-CHO + Cu(OH)2 -» CH2OH-(CHOH)4-COOH + Cu2O +H2O
2. Qanddan qora ustun tayyorlash: Shakar bilan konsentrlangan sulfat kislotaning o’zaro ta’siri:
C12H22O11 -» 12C + 11H2O
C +2 H2SO4 -» CO2 + 2SO2 + 2H2O
3. Kraxmal + Yod =Ko’k rang Kraxmal uchun sifat reaksiya.
Laboratoriya tajribalari yakunlanib xulosalanadi.
Mustahkamlash:
“Sinkveyn” uslubidan foydalanib, o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha olgan bilimlarini aniqlash. 3- qatorga “Monosaxaridlar ” , 1-qatorga “Disaxaridlar” va 2-qatorga “Polisaxaridlar ” to’g’risida ma’lumotlarni bayon etish topshiriladi.
“Sinkveyn”
Nom (ot)
Tavsifi (2ta sifati)
Harakat ( 3ta fe’l)
Mavzuga tegishli gap(4ta )
Sinonim (1so’z)
Mustaqil ish:
S.W.O.D. uslubidan foydalanib glyukozaga ta’rif bering.
Kuchli tomoni
Zaif tomoni
Imkoniyatlari
Xavfliligi
O’quvchilar ishi tekshiriladi, har bir topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar bir balldan yig’ib boradi. Jami ballarni hisoblab o’quvchilar bahosi e’lon qilinadi.
Xulosalash.
Mana bugungi darsimizda biz sizlar bilan uglevodlar mavzusi bilan tanishdik.
Organik moddalar ichida shunday sinf borki, ularsiz organizmlarda modda va energiya almashinuvini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bular uglevodlardir. Uglevodlar inson organizmida energiya manbai hisoblanadi. Insonlar iste’mol qiladigan oziqning 70% ini uglevodlar (non, kartoshka, guruch, qand) tashkil etadi. Uglevodlardan gazlamalar, qog‘oz tayyorlanadi. Uglevodlar karbonat angidrid va suv ishtirokida yashil o‘simliklar organizmida fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. O‘simliklarning quruq moddasida 80%, inson va hayvonlar organizmida 2% atrofida uglevodlar bo‘ladi. Ushbu nazariy ma’lumotlarni bilish bilan birga hayotda amalda qo’llay olishimiz darkor.
O’quvchilarni ragbatlantirish.
O’quvchilarning to’plagan ballariga qarab baholari aniqlanadi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. 4- topshiriqni bajarish. Kimyo va biologiyadan olgan bilimlarga asoslanib “Uglevodlarning inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida ijodiy ish tayyorlash.
Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling