Eynshteynga e’tirof
Eynshteyn Pragaga kelganidan biroz muddat o’tib, xalqaro konferensiyaga taklif etiladi. Bu e’tiborga molik konferensiya bo’lb, unda dunyoning eng mashhur va ilg’or olimlari qatnashardi. O’z zamonasining eng badavlat shaxlaridan biri bo’lgan Ernest Solvay ularga homiylik qilardi. Bu konferensiyaga Eynshteynning ham taklif etilishi unga bo’lgan hurmat va e’tirofning boshlanishi edi.
Eynshteyn bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi. Uning bunday muhim ilmiy konferensiyaga taklif qilinishi, beqiyos va olamshumul g’oyalarning yuzaga chiqishi uchun debocha bo’ldi.
Solvay konferensiyasining ishtirokchilari o’z davrining etuk olimlarini o’z ichiga olgan bo’lib, Mariya Kyuri, Ernest Russerfold, Paul Laungeven va Maks Planlar shular jumlasidan edi. Bir so’z bilan aytganda, mazkur konferensiyada ishtirok etish Eynshteyn uchun ulkan muvaffaqiyat bo’lib, ilm – fan olamida tanilishiga sabab bo’ldi.
Ernest Solvay
Ernest Solvay, 1938 – yili Belgiyada tug’ulgan. U juda yoshligidanoq fizika, ximiya va tarix fanlariga muhabbat qo’yadi. Biroq, ne ajabki olim bo’lishning o’rniga etuk savdogar bo’lib yrtishadi. Yigirma uch yoshligida ukase Alfred bilan birgalikda natriy karbonat ishlab chiqarish industriyasini yo’lga qo’yadi.
Natriy karbonat sovun, qog’oz, shsiha singari maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini berdi. Tez orada aka – ukalar o’zlarining shaxsiy bizneslariga ega bo’lib, Evropa va AQSHning bir nechta shtatlarida o’z fabrikalarini barpo qilishadi.
Boshqa badavlat savdogarlar jamiyatning quyi tabaqasiga e’tibor qaratmayotgan bir paytda, Solvay aynan oddiy ishchilarga g’amxo’rlik qila boshlaydi. U o’z fabrikasidagi xodimlariga kuniga sakkiz soat ish vaqtini joriy qilib, nafaqalar, dam olish ta’tillarini taqdim etadi. U hayoti davomida bir qancha xayriya jamg’armalariga va ilmiy institutlarga homiylik qiladi. Uning nomi bilan atalgan Solvay konferensiyasi 1911 – yildan 1991 – yilga qadar yigirma marta bo’lib o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |