BAHOLASH MEZONLARI
nazorat qilish mezonlari
Oraliq nazorat uchun baholash mezonlari:
ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’lim yoki qism bo’yicha
nazariy ma’lumotlar o’tib bo’lingandan so’ng talabaning
nazariy bilimlari
baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni yechish mahorati
va qobiliyati aniqlanadi.
ON semestrda bir marta, fanning taxminan 50% i
o’tilgandan keyin 3 ta nazariy savoldan iborat
yozma nazorat ishi shaklida
o’tkaziladi. Har bir javob 0 dan -5 gacha bo’lgan ballarda
faqat butun sonlarda
baholanadi.
1- savol:
B
1
=5 ball
2- savol:
B
2
=5 ball
3- savol:
B
3
=5 ball
Talabaning ON dan to`plagan umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichi 3 ta
savolga
qo’yilgan ballar yig’indisining o’rtachasidan iborat bo’ladi.
Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi:
A’lo -5 ball bilan baholanadi:
- savolga atroflicha, aniq va to’g’ri javoblar yozilgan bo’lsa;
- o’quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar bayoni to’gri va aniq
yozilgan bo’lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmay, material
mazmunining ilmiy va
mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo’lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
Yaxshi -4 ball bilan baholanadi:
- savolga yozilgan javoblar o’quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan, ammo
to’gri bo’lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo’lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar
bayonida xatoliklar uchramasa;
- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa.