KIRISH
Dastur shaharsozlik va me’moriy yodgorliklarning ta’riflari,
ularning tarihiy va
badiiy – me’moriy qiymatlarni aniqlash, ularga nisbatan qo’llanilishi
mumkin
bo’lgan qayta tiklash va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish loyihalarini tuzish, ulardan
zamonaviy maqsadlarda foydalanish xamda bunday yodgorliklar bilan bog’liq
bo’lgan boshqa masalalarni qamrab olgan.
Fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak mutahasislarni o’z
faoliyatlarida
shaxarsozlik va me’moriy yodgorliklarning munosib ravishda qadrlay oladigan
darajada tayyorlashdan iborat.
Fanning muhim vazifalari qatoriga
talabalarda tarihiy joylarni, me’moriy
majmualarni, osori – atiqalarni zamon talablariga ko’ra tahlil qilishga,
ularni
malakali baholashga, muayyon vaziyatlarni
inobatga olgan holda bunday
yodgorliklarga nisbatan lozim bo’ladigan tadbirlar turlaridan eng optimalini tanlay
olishga o’rgatishni va bunga mos ravishda talabalarda kerakli bilim va malakani
shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Fan bo`yicha talabalarning tassavur bilim, ko`nikma va malakalariga
qo`yiladigan talablar.
“Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash” fanini o’qitish jarayonida
talabalar:
-
Me’moriy va shaxarsozlik merosiga doir qonunchilik bo’yicha,
-
Qayta tiklash va ta’mirlash nazariyasi boyicha bilimlarga ega bo’lishlari,
-
Tarihiy joylarni qayta tiklash: qo’riqhonalar
tashkil etish, saqlangan
obidalarni inobatga olgan holda hududlarni qayta tiklash
xamda ayrim
me’moriy obidalarga, ularning tarihiy – badiiy qiymatlariga ko’ra
konservatsiya, anastiloz, ta’mirlash, yodgorliklarni yangi funksiyalarga
moslashtirish va boshqa usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega
bo’lishlari,
-
Tarihiy mahallalarni, me’moriy majmualarni qayta tiklash loyixalarini,
ayrim osori – atiqalarni ta’mirlash loyixalarini
tuzish xamda ularda
qabul qilingan yechimlarni ilmiy jihatdan asoslab berish (ximoya qilish)
malakalariga ega bo’lishlari lozim.