Dastur shaharsozlik va me’moriy yodgorliklarning ta’riflari, ularning tarihiy va


Download 103.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana03.12.2023
Hajmi103.38 Kb.
#1800558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARX Yodgorliklarni tamirlash va qayta tiklash







KIRISH 
 
Dastur shaharsozlik va me’moriy yodgorliklarning ta’riflari, ularning tarihiy va 
badiiy – me’moriy qiymatlarni aniqlash, ularga nisbatan qo’llanilishi mumkin 
bo’lgan qayta tiklash va ta’mirlash tadbirlarini o’tkazish loyihalarini tuzish, ulardan 
zamonaviy maqsadlarda foydalanish xamda bunday yodgorliklar bilan bog’liq 
bo’lgan boshqa masalalarni qamrab olgan. 
 
 Fanining maqsad va vazifalari 
Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak mutahasislarni o’z faoliyatlarida 
shaxarsozlik va me’moriy yodgorliklarning munosib ravishda qadrlay oladigan 
darajada tayyorlashdan iborat. 
Fanning muhim vazifalari qatoriga talabalarda tarihiy joylarni, me’moriy 
majmualarni, osori – atiqalarni zamon talablariga ko’ra tahlil qilishga, ularni 
malakali baholashga, muayyon vaziyatlarni inobatga olgan holda bunday 
yodgorliklarga nisbatan lozim bo’ladigan tadbirlar turlaridan eng optimalini tanlay 
olishga o’rgatishni va bunga mos ravishda talabalarda kerakli bilim va malakani 
shakllantirishni o’z ichiga oladi.

Fan bo`yicha talabalarning tassavur bilim, ko`nikma va malakalariga 
qo`yiladigan talablar. 
“Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash” fanini o’qitish jarayonida 
talabalar: 

Me’moriy va shaxarsozlik merosiga doir qonunchilik bo’yicha,

Qayta tiklash va ta’mirlash nazariyasi boyicha bilimlarga ega bo’lishlari, 

Tarihiy joylarni qayta tiklash: qo’riqhonalar tashkil etish, saqlangan 
obidalarni inobatga olgan holda hududlarni qayta tiklash xamda ayrim 
me’moriy obidalarga, ularning tarihiy – badiiy qiymatlariga ko’ra 
konservatsiya, anastiloz, ta’mirlash, yodgorliklarni yangi funksiyalarga 
moslashtirish va boshqa usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega 
bo’lishlari, 

Tarihiy mahallalarni, me’moriy majmualarni qayta tiklash loyixalarini, 
ayrim osori – atiqalarni ta’mirlash loyixalarini tuzish xamda ularda 
qabul qilingan yechimlarni ilmiy jihatdan asoslab berish (ximoya qilish) 
malakalariga ega bo’lishlari lozim.

Download 103.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling