Dasturiy ta’minot tushunchasi va tarkibi


Download 103.05 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi103.05 Kb.
#1565668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Internetning dasturiy ta\'minoti

Tizimli daraja. Tizimli daraja-o‘tish darajasi. Ushbu darajada ishlovchi dasturlar kompyuter tizimining boshqa tayanch darajadagi dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o‘zaro aloqadorlik harakatlarini ta’minlaydi, ya’ni vositachilik vazifalarini bajaradi.
Qisqasini aytganda, hisoblash tizimining foydalanish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan mana shu darajadagi dasturiy taֹminotga bog‘liq. Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanayotganida tizimli darajada boshqa dasturlar uchun ushbu uskuna bilan o‘zaro aloqani ta’minlab turuvchi dastur o’rnatilishi lozim. Mukammal uskunalar bilan o‘zaro harakat uchun javob beruvchi aniq dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi. Ular tizimli darajaning dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi.
Tizimli daraja dasturlarining boshqa guruhi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa (harakat) uchun javob beradi. Aynan shu dasturlar tufayli foydalanuvchi hisoblash tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini boshqarish va o’ziga qulay shakldagi natijalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu dasturiy vositalar foydalanuvchining interfeysini ta’minlovchi vositalar deb ataladi. Ish joyida kompyuter bilan ishlashning qulayligi va mehnat unumdorligi bevosita ularga bog‘liqdir.
Tizimli daraja dasturiy ta’minotining yig‘indisi kompyuter amallar tizimining yadrosini tashkil qiladi. Operatsion tizim tushunchasini keyinroq ko‘rib chiqamiz, bu yerda esa faqat shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuterga tizimli darajadagi dasturiy ta’minot o‘rnatilgan bo‘lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni o‘rnatishga, dasturiy vositalarning uskunalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashga va eng muhimi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi, ya’ni operatsion tizim yadrosining mavjudligi odamning hisoblash tizimi bilan amaliy ishlashiga imkoniyat yaratib beradi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi. Bu darajadagi dasturiy ta’minot tayanch darajadagi dasturlarda bo‘lganidek, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada harakat qiladi. Xizmatchi dasturlar (ularni, shuningdek, utilitillar deb ham ataladi)ning asosiy vazifasi kompyuter tizimini tekshirish va sozlash bo‘yicha ishlarni avtomatlashtirishdan iborat. Ko‘p hollarda ular tizimli dasturlar bajarayotgan ishlar doirasini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Xizmatchi dasturlarning ayrimlari (odatda, bular xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi)ni oldinroq operatsion tizimlar tarkibiga qo‘shilgan, ammo xizmatchi dasturlarning ko‘pchiligi amallar tizimi uchun tashqi dasturlar bo‘lib hisoblanadi va uning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Xizmatchi dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish mavjud. Operatsion tizim bilan integrallashish va avtonom ishlash. Birinchi holatda xizmat dasturlari tizimli dasturlarda amaliy ish uchun qulayroq qilib, ularning iste’mol xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi holatda esa tizimli dasturiy ta’minot bilan kuchsizroq bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqasi hamda harakatini alohida sozlash uchun ko‘proq imkoniyat beradi.



Download 103.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling