Dasturiy ta’minot tushunchasi va tarkibi
Download 103.05 Kb.
|
Internetning dasturiy ta\'minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch daraja.
Dasturiy ta’minot tushunchasi va tarkibi. Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi. Tayanch daraja. Tayanch (bazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning eng quyi darajasidir. U tayanch apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash uchun javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch unsurlar tarkibiga kiradilar va doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar doimiy eslab qoluvchi uskunalarning DEQU mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib qo‘yiladi va hisoblash texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas. Foydalanish paytida tayanch dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda DEQU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy eslab qoluvchi uskunalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda DEQU ning mazmunini o‘zgartirish ishlarini bevosita hisoblash tizimining tarkibida bo‘lganidek (flesh-texnologiya), undan tashqarida ham programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish mumkin. Download 103.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling