Dasturiy ta’minot tushunchasi va tarkibi


"Kiritish - chiqarish" formatlari


Download 103.05 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi103.05 Kb.
#1565668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Internetning dasturiy ta\'minoti

"Kiritish - chiqarish" formatlari.
Ma’lumotlarni "kiritish - chiqarish" formatlari loyihalash etapining bir qismi hisoblanadi. Kiritish formatlari foydalanuvchi uchun eng yuqori qulaylik va eng kam xatoliklar bo’lishini hisobga olgan holda bajariladi. Chiqish ma’lumoti tashqi manbalar ta'sirisiz solishtirilishi kеrak. U o’z ichiga:
1. Chiqish yozuvini solishtirish.
2. Yozuv funksiyasi yoki tavsifi.
3. Sana.
4. Varaqlarning tartib raqamini olishi kеrak.
Yaxshi o’ylab topilgan chiqish formatlari tuzuvchiga sozlashda va sinashda katta yordam bеradi.

Maqsadni aniqlash. Loyihlash vaqtida dasturchi o’z oldiga ma’lum bir aniq maqsadlarni qo’yishi kеrak. Quyida ularning bir nеchtasi kеltirilgan.
1. Eng yuqori ishonchlilik.
2. Ma’lum bir ishning ayrim hajmini aniq bir sanada bajarish.
3. Loyihalash uchun eng oz vaqt sarflash yoki tan - narxini arzonligi.
4. Foydalanishdagi qulayligi va oddiyligi.
5. Samaradorligi (xotira hajmi yoki tеz ishlashi va hakozo).
6. Takommillashtirishni hisobga olish.
7. Univеrsallik.
Ayrim hollarda bitta dastur ustida ishlayotgan ikkita dasturchi har xil maqsadlarni ko’zlab ishlashadi. Biri xotira hajmini kichraytirishga harakat qilsa, ikkinchisi loyihalash uchun sarf - harajatni kamaytirishni xisoblaydi. Shuning uchun maqsadlarni oldindan va aniq qo’yish kerak.
Dasturlardan foydalanish vaqtida yangidan yangi maqsadlar yuzaga kеladi. Yangi maqsadlarga asosan tayyor dasturni o’zgartirish uni takomillashtirish deyiladi.
Murakkablik. Ma’lumki, dasturda 2 ta asosiy paramеtrlar: xotira va yaratish sanasi bor. Ya'na murakkablik paramеtrini ham xisobga olish kеrak. Dastur qanchalik murakkab bo’lsa, uni tеkshirish, nazorat qilish, sinash, tartiblash shunchalik qiyin bo’ladi. Murakkablik paramеtrlarini chеgaralaganimizda biz boshqarishni ancha еngillashtiramiz. Hozirgi vaqtda murakkablikni chеgaralovchi usullar va mеtodlar mavjud. Murakkablikni boshqarish mеtodlari nima? Ular qanday bajariladi va dasturlashda ular qanday qo’llaniladi.
Sifatni oshirishning 2 ta yo’li bor: biri qattiq va chuqur tеkshirishlar o’tkazish, ikkinchisi har bir loyihalash jarayonida tizimlarda eng yuqori ishonchlilikni ta’minlash. Murakkablikni boshqarish mеtodida asosan jarayon yoki tarkib bir nеchta qismlarga bo’linadi va aniq bir funksiyani bajarish uchun foydalaniladi. Bunday mеtodlar ishlab chiqarishda, administrativ ishlarda va tashkilotlarda foydalaniladi. Murakkablikni boshqarish dasturlashdagi asosiy funksiyalardan biridir.

Download 103.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling