Dasturlash tillari


Download 240.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi240.03 Kb.
#211888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-maruza-2

JavaScript 

JavaScript  90-yillarda  sobiq  Netscape  Communications  va  hozirgi  Mozilla 

Foundationning  asoschilaridan  bo’lgan  Brendan  Ich  (Brendan  Eich)  tomonidan 

ishlab chiqilgan skript til bo’lib, Java bilan adashtirib yubormaslik kerak. Ma’lumki, 

JavaScript  veb  dasturlashda  fundamental  texnologiyalardan  biri  hisoblanadi. 

Albatta, JavaScript brovzerdan tashqarida ham qo’llaniladi, lekin asosan veb ilova 

va hizmatlarda foydalaniladi. Tilning o’zi dinamik bo’lib, dasturlashning obyektga 

yo’naltirilgan uslublaridan (til sifatida asosan obyektga yo’naltirilgan), shuningdek, 

funksional va imperativ usullaridan foydalanish imkonini beradi. U o’zinig ko’plab 

sintaksislarini  C  dan  olgan,  agar  kelgusida  veb  sohasida  har  qanday  rivojlanish 

qilmoqchi bo’lsangiz, JavaScriptni o’rganish sizning ro’yxatingizda bo’lishi kerak. 

Baxtingizga,  JavaScriptni  o’rganish  nisbatan  oson,  u  bilan  o’ynab 

ko’rishingiz  uchun  shundoqqina  brouzeringizda  joylashgan,  ma’lum  vaqt  chetda 

qolishiga  qaramasdan,  u  tezda  mashhur  bo’lib  bormoqda.  Bu  tilga  ovoz 

berganlarning  ko’pchiligi  JavaScriptni  o’rganish  orqali  pul  topishga  ishtiyoqi 

zo’rligini ta’kidlab o’tishgan – ko’pchilik dasturlashni shu maqsadda o’rganishi ham 

turgan gap, chunki undan foydalanib darrov veb dastur tuzishni boshlash mumkin. 

Ba’zilar  birinchi  o’rganish  uchun  JacaScriptni  tanlab  C  hamda  Java  kabi 

murakkabroq  tillarni  o’rganishda  nisbiy  afzallikka  ega  bo’lishini  aytib  o’tishgan 

(aslida,  Java  hamda  JavaScript  o’rtasida  ba’zi  o’xshashliklar  bor  xolos).  Bundan 

tashqari,  agar  professional  darajada  dasturlashni  xohlasangiz,  bugungi  kunda 

JavaScriptga talab juda yuqori. 

Va  nihoyat,  dastlabki  o’rganuvchilar  uchun  eng  ko’p  tavsiya  etilgan  tillar 

bo’yicha ovozlar natijasini keltiramiz:

  

 

 



 


Download 240.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling