Dasturlash tillari
Download 240.03 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-2
Hisoblash mashinalari
Axborot texnologiyalari rivojlanishining boshlang’ich, nazariy bosqichi haqidagi muhokamalarda hisoblash mashinalarining takomillashib borishi haqida batafsil muhokama qilinmagan. Albatta, kompyuter yaratuvchilari dastlab original loyihalarni taklif qilishgan. Va bunda hozirda ham qo’llanilayotgan hisoblash mashinalari konsepsiyalari haqidagi umumiy tasavvurni hosil qilish uchun katta (fon Neyman dasturlashi bo’yicha) bilim talab qilingan. Bu konsepsiya dasturlar yordamida hisoblash mashinalarini boshqarish prinsiplarini aniqlab bergan (Ada Lavleys haqidagi ma’lumotlarni eslang). 50-yillar boshlariga kelib dasturlash fanning mustaqil bo’limiga aylandi. Ungacha dasturlash bor yo’g’i matematikaning bir bo’limi sifatida qaralgan xolos. Haqiqatan, kompyuterlarda axborotni qayta ishlashning dastlabki ko’rinishlari asosan hisoblash bilan bog’liq bo’lganligi sababli bu jarayonlarni dasturlash bilan asosan matematiklar shug'ullanishgan. Dasturlash nazariyasining birinchi qadamlari ham ularga tegishli bo’lgan. Mana asoschilar ro’yxati: A.A. Lyapunov, A.P. Yershov, A.S. Kronrod, M.R. Shura-Bura, S.S. Lavrov.
13 1950
yilda A.A.
Lyapunov tomonidan dasturlarni tavsiflashning operator metodi taklif qilingan. 1950-1953 yillar davomida birinchi marta dasturlarni tasvirlashning izohli darajasi uslubi ishlab chiqilgan. A.A. Lyapunov inson uchun samarasiz bo’lgan dasturlarni mashina tilida berish o’rniga yuqori darajali shakllangan dasturlashni taklif qildi. Operator metodi dasturning sintaktik tuzilishi nazariyasini yaratish imkonini berish bilan juda muhim ahamiyat kasb etgan. 1953 yilda A.A. Lyapunov avtomatlashtirilgan dasturlash masalasini shakllantirdi. Bu original g’oya dastlab o’sha vaqtlar dasturlovchi dasturlar deb nomlangan translyatorlarda qo’llanildi. 1954 yil yozida PP-1 dasturlovchi dastur (sobiq SSSR fanlar akademiyasiga qarashli matematika instituti amaliy matematika bo’limida), 1955 yilda esa uning takomillashgan variant PP-2 paydo bo’ldi. 1953-1954 yillarda L.V. Kontorovich dasturning sharhli tavsifini beruvchi va rasmiylashtirish darajasini ta'minlovchi, dasturlarning sintaktik tuzilishini tadqiq qilish va dasturlovchi dasturlar tuzish uchun yetarli bo’lgan ko’pblokli dasturlash texnologiyasini ishlab chiqdi. Bu yo’nalish an’anaviy (fon-Neyman) dasturlashdan farq qilib, tabiiyki, bu g’oyalarning rivojlanishini qiyinlashtirgan. Bu matematik yo’nalishda borib, hozirgi kunda ham dasturlashda matematik tasavvurlar va natijalar muammosi yuzaga kelganida funksional stillar bilan bog’liq ravishda maydonga chiqadi. Katta blokli tizimlarning xarakterli jihati shundaki, ular alohida sonlar va belgilar ustida emas, balki yiriklashtirilgan axborot ob’yektlari qiymatlari bilan operatsiyalar bajargan. Bunday yiriklashtirilgan ma’lumotlar strukturalari (matrissalar, vektorlar, ketma-ketliklar, sxemalar va hk) hisoblash rejasida bir butun bo’lib qo’yilgan; alohida elementlar qiymatlarini qayta ishlashning standart uslublari quyi darajada avtomatik bajarilgan. Bu dasturlash tillariga yuqori darajani keraksiz detalizatsiyadan xoli qilib, iyerarxik strukturani kiritdi. Quyidagi prinsipial vaziyatni qayd etish lozim: har bir kattalik bilan uni mashinaga kiritishda uchta xarakteristikasi bilan bog’liq ravishda uning uchta tomoni ajralib turadi: 1. nom,
2. ma’lumot (kattalikning tipi va strukturasi, uning mashina xotirasida joylashishi haqidagi ma’lumotlar), 3. yozuv (ya’ni qiymat, elementlar kattaligining aniq tasvirlanishi, ularning belgilanishi). 14 Bundan axborot ob’yektlarining sintaktik, mazmuniy va interpretatsion darajasi qaralayotganligi va ob’yekt bu komponentlarning butun bir ob’yektga birlashtirilayotganligi dastlabki qadamlardanoq ko’rinib qoldi. 1951 yilda AQSH HDF ofitseri va dasturchilar guruhi rahbari, o’sha vaqtlar kapitan (keyinchalik HDF da yagona ayol admiral) bo’lgan Grace Hopper birinchi tarjimon dasturni yaratdi va uni kompilyator deb atadi (Remington Rand firmasi). Bu dastur qayta ishlash uchun qulay algebraik shaklda yozilgan barcha dasturlarni mashina tiliga o’girish imkonini berar edi. Avval ruxsat so’rashdan ko’ra, keyin uzr so’rash osonroq. Download 240.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling