Dasturlash tillari
Download 240.03 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Dasturlash tillari
3 5-ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Dasturlash tillari. Reja: 1. Dasturlash tillari tarixi 2. Dasturlash tillari klassifikatsiyasi 3. Yuqori darajali dasturlash tillari, interpretatorlar va kompilyatorlar
formal til hisoblanadi. Dasturlash tillari dasturlarning tashqi ko’rinishi va ular boshqaruvi ostidagi ijrochi (odatda EHM) harakatini aniqlab beruvchi leksik, sintaktik va semantik qoidalar to’plamini belgilab beradi. Insoniyat tomonidan birinchi dasturlash mashinasining yaratilishidan boshlab hozirgi kungacha sakkiz mingdan ortiq (shu jumladan, ezoterik, visual va o’yin) dasturlash tillari ishlab chiqilgan. Har yili ularning soni ortib bormoqda. Ba’zi dasturlash tillarida juda kam
sondagi foydalanuvchilar, ya’ni ularni
yaratuvchilargina ishlay olishadi, ba’zilari esa millionlab insonlarga ma’lum. Professional dasturchilar o’nlab dasturlash tillarida ishlay olishadi. Dasturlash tillari o’zida kompyuterning u yoki bu hisoblash jarayonini bajarish imkonini beruvchi qoidalar to’plamini ifodalovchi kompyuter dasturlarini yozish, turli ob’yektlarni boshqarishni tashkil qilish kabi amallar uchun mo’ljallangan. Dasturlash tillari tabiiy tillardan shunisi bilan farq qiladiki, ular EHMni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lsa, tabiiy tillar birinchi navbatda, insonlarning o’zaro muloqoti uchun qo’llaniladi. Ko’pchilik dasturlash tillari ma’lumotlar strukturalari va hisoblash jarayonlarini aniqlash va boshqarish uchun maxsus konstruksiyalardan foydalanadi. Dasturlash tillari faqatgina uning sintaksisi va semantikasini aniqlovchi til standartlari spessifikatsiyasi orqali emas, balki standartlar realizatsiyasi – tildagi dasturlar translyatsiya yoki interpretatsiyasini ta’minlovchi dasturiy vositalar bilan ham xarakterlanadi; bunday dasturiy vositalar yaratuvchilari, marka va versiyalari, yaratilish vaqti, standartlarning to’liq realizatsiyasi, qo’shimcha imkoniyatlari bilan ham farq qiladi; ma’lum xatoliklarga ega bo’lishi yoki amaliyotda qo’llaninishiga ta’sir qiluvchi xarakterlarga ega bo’lishi ham mumkin.
Download 240.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling