Dasturlash tillari
Download 240.03 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Whirlwind-1
Малютка Грейс
Grace Bruster Murray Hopper erishgan titullar: “kompyuter onasi”, “Kobol buvisi”, “dasturiy ta’minot qirolichasi”. Hopper va uning komandasi biznes bilan shug’illanuvchi insonlarga qulaylik beruvchi, dasturlashda dasturlash tillarining inson tiliga juda yaqin bo’lishini ta’minlovchi kompilyatorlar ishlab chiqarishga kirishdi. Ular COMPARE (taqqoslash) yoki TRANSFER (uzatish) kabi komandalarni yozish mumkin bo’lgan tilning asosiy atamalar lo’gatini yaratishdi. Bir necha oydan so’ng Hopper va uning kasbdoshlari ma’lumotlarni qayta ishlashda “ishchi otlar” bo’lgan, taxminan 30 ta atama ro’yxatini ajratib ko’rsatishdi va bu atamalar deyarli barcha yuqori darajali dasturlash tillari tarkibiga kiritildi. 1955 yilda birinchi algoritmik til FORTRAN (FORmule TRANslator – formulalar translyatori) dunyoga keldi. U ulmiy-texnik va muhandislik masalalari yechish uchun qo’llanilib, IBM firmasi xodimlari tomonidan Jon Bekus (John Bakus, 1924 - 2007) rahbarligi ostida yaratilgan. Eng ommalashgan davri 1962 yilda chiqarilgan FORTRAN IV deb nomlanuvchi versiya davriga to’g’ri keladi. Fortrandan xronologik keyingi til APL (ba’zida to’liq nomi A Programming Language, lekin ko’proq Array Processing Language kabi beriladi) hisoblanadi. Kennet Ayverson - 1957 yil (Leontiyev va Ayken shogirdi). APL tilining o’ziga xosligi shundaki, unda o’zining xusisiy belgilar to’plami, shu jumladan, ASCII ga kirmaydigan belgilar ham qo’llaniladi. Kutilmagan bu yechim matematik formulalarni yozishda ancha qulaylik tug’dirib, o’sha vaqtlar uchun noyob bo’lgan dastur kodlari interpretatsiyasi 60- yillar uchun noodatiy interaktiv rejimda ishlash imkonini berdi. Lekin maxsuslashtirilgan klaviaturaga ehtiyoj va dastur matnini chop etish muammosi APLning keng tarqalishini chegaralab qo’ydi. Algol dasturlash tilini ishlab chiqish protsedurasi yetakchi olimlar e’tiborini tortdi.
1960 yilda ilmiy tadqiqotlarga yo’naltirilgan ALGOL (Algorithmic Language – algoritmik til) paydo bo’ldi, unga ko’plab yangi tushunchalar kiritildi, masalan, blokli struktura. Bu til ko’pchilik dasturlash tillarining yaratilishiga asos bo’ldi.
15 O’n uch nafar yevropa (shu jumladan sobiq sovet ittifoqi) va amerikalik mutaxassislar dasturlash tili bo’yicha Parijda ALGOL-60 dasturlash tili
standartlarini tasdiqlashdi. ALGOL dasturlash tili ishlab chiquvchilari guruhi: John McCarthy, Fritz Bauer, Joe Wegstein John Backus, Peter Nauer, Alan Perlis. John Backus va Peter Nauer Algol dasturlash tili evaziga ommalashgan dasturlsh tillarini tavsiflasning formal metodini ishlab chiqishdi. Bugungi kunda Xomskiyning ishlari dasturlash tillari rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan deb to’liq ishonch bilan aytish qiyin, lekin shunisi aniqki, Bekus-Naur shartli belgilari sezilarli iz qoldirgan. Algolning yaratilishi dasturlash paradigmasini shakllantirdi. 1960 yilda System Development firmasidan J. Shvarts va boshqalar Jovial dasturlash tilini yaratishdi. Bu til nomi Jule’s Own Version of International Algorithmic Language dan kelib chiqqan. Protsedurali yuqori darajali dasturlash tillari prototipi Algol-58 hisoblanadi. Asosan AQSh harbiy havo kuchlari ilovalarida qo’llanilgan. JOVIAL dasturlash tili ham Julios Shvarts tomonidan IAL da yaratilgan. Tilning qisqacha nomi ham shundan kelib chiqqan – JOVIAL (Jules Own Version of the International Algorithmic Language). Bu tilning uzoq yashashi 70-yillarda Pentagonning bort tizimlari uchun 16- razryadli mikroprotsessorlar arxitekturasi va komandalar tizimiga standartlar qabul qilish bo’yicha oqilona qabul qilingan qarori bilan izohlanadi (MIL-STD-1750 standartidan hozirgi kunda ham AQSh armiyasida foydalanib kelinmoqda). Standart til sifatida JOVIAL tanlangan, chunki Shvarts unga real vaqt rejimida ishlay oladigan krossplatformali dasturlarni yaratish imkoniyatini kiritgan. JOVIAL strukturasida mashinalar dastur ishlab chiqilgan kompyuterdan dasturni boshqa kompyuterga ko’chirish uchun kodlarni optimallashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 1960 yilga kelib juda qisqa vaqt ichida CADASYL (Conference on Data System Languages) guruhi Joe Wegstein rahbarligi va IBM firmasi homiyligi ostida standartlashgan COBOL (Common business oriented language – umum qabul qilingan biznesga yo’naltirilgan til) yaratildi. Mazkur til iqtisodiy masalalarni yechishga, yanayam aniqrog’i, axborotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan til hisoblanadi. 1961 yilda amerikalik professor Jon Makkartni tomonidan LISP (List procssing language – ro’yxatlarni qayta ishlash tili) dasturlash tili yaratildi. 1962 yilda R.Grisuold satrlarni qayta ishlashga mo’ljallangan Snobol dasturlash tilini yaratdi. Jey Forrester magnitli xotiralar bo’yicha ishini patentladi va birinchi marta bunday xotiralar Whirlwind-1 mashinalarida qo’llanildi. U o’zida 16-razryadli ikkilik sonlar uchun 2048 ta so’zni saqlashni ta’minlaydigan ikki kub 32x32x17 o’zakni tasvirlar edi.
16 Whirlwind-1 mashinasida birinchi marta universal ixtisoslashmagan (turli kompyuter qurilmalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarda egiluvchan) shina qo’llanilgan va kiritish chiqarish tizimi sifatida ikkita qurilma: Willyams electron-nurli trubkasi va perfolentali yozuv mashinkasi (fleksorayter) ishlatilgan. Nil Sirler va J.Xalkombi Lening Whirlwind-1 kompyuterlari uchun Massachusets universitetida yuqori darajali dasturlash tillari va tarjimon tizimlar yaratishdi. 1962 yilda E.V. Yevreinov va Yu.G. Kosaryev tomonidan hisoblagichlar jamoasi modeli taklif qilindi va mantiqiy strukturalar o’zgaruvchilari bilan amallarni parallel bajarish prinsipiga asoslangan superkompyuterlar yaratish imkoniyatiga asos solindi. 1965 Dartmut kolleji professori Tom Kurtz va Jon Kemeni tomonidan hisoblash texnikasi bilan tanish bo’lmagan talabalarni o’qitish uchun BASIC (Beginners all- parpouse sumbolic instraction code) tili yaratildi. Vaqt o’tishi bilan ushbu dasturlash tilining ko’plab dialektlari paydo bo’ldi: Basica (IBM), GW-Basic, MSX-Basic, Turbo-Basic (Borland), Quick-Basic (Microsoft), XYBasic, QBasic, CBasic, Basic-80, 86 и 87 Basic/387Basic (MicroWay) va boshqalar. BASIC birinchi marta IBM 704 kompyuterlarida qo’llanildi, lekin 1980 yillarga kelib ommalashdi. Bu ommalashishga 1975 yil Bill Geyts va Pol Allen tomonidan birinchi shaxsiy kompyuter Altair 8800 uchun BASIC interpretatorining yozilishi sabab bo’ldi. Dastlab boshqa tillar semantikasini tavsiflash uchun metatil sifatida o’ylab topilgan, biroq amaliy tadbiqlaridagi samarasi natijasida yangi dasturlash tiliga aylangan Refal 1966 yil V.F. Turchin tomonidan yaratilgan. 1967 yil IBM va foydalanuvchilar hamkorligi loyihasi ostida ilmiy tadqiqot natijalari va biznes masalalari yechimlarini birlashtirish imkonini beruvchi yangi dasturlash tili yaratildi va unga PL/1 (Programming language – universal dasturlashga yo’naltirilgan) deb nom berildi. 1967 yil Stenford universitetidan Edvard Feytenbaum birinchi expert tizim DENDRAL ni ishlab chiqdi. 1968 yil – Edsger Deykstra tomonidan strukturali dasturlash konsepsiyasi ishlab chiqildi. 1968-1970 yillarda Syurix politexnika universitetida professor Niklaus Virt Pascal dasturlash tilini yaratdi. Bu til bir tomondan dasturlashni o’rgatish uchun qulay vosita bo’lsa, boshqa tomondan zamonaviy EHMlarda turli xildagi masalalarni samarali hal qilish imkoniyatini berar edi. Virt bu tilni yaratishda yaxshi dasturlash stili – strukturali dasturlashga katta e’tibor qaratdi, shu sababli ham Pascal konstruksiyasi ishonchli, aniq strukturali, oson tekshiriladigan dasturlar tuzish imkonini berar edi. 17 MTI (Massachusets texnologiyalar instituti) matematika professori Профессор математики МТИ (Массачусетского технологическог института) Seymour Peypert va uning hamkasblari Lisp asosida yangi dasturlash tili yaratishdi va unga Logo (grekchadan so’z ma’nosini bildiradi) deb nom berishdi. Peypertning fikricha “kompyuter odatda bolani qadamma-qadam orqasidan ergashtirib yuradi, Logo esa aksincha, bolaga mashinani boshqara olishini uqtiradi va unga “bu yerda xo’jayinman” deb aytishiga imkoniyat beradi”. Logo dastlab katta va mini-kompyuterlar uchun mo’ljallangan edi, lekin keyinchalik minglab boshlang’ich maktablar kompyuter sinflarida qo’llanila boshladi. XXI asrga kelib esa ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash asri boshlandi. Download 240.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling