Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet178/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Tayanch so’z va iboralar: Qaror, hal qiluv qarori, shikoyat, protest, tugatish, bekor qilish, o’zgartirish, qaytarib berish, organ, mansabdor shaxs, qarorni bekor qilish, o’zgartirish, haqini to’lash.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko’rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo’yicha esa uni chiqargan organ tomonidan MJTKning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar bo’yicha bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.

2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest bildirish.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga prokuror protest bildirishi mumkin.

SHikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.

3.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi to’lab olib qo’yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog’liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo’ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo’lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo’ljallangan bo’lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling