Toshkent shahar Davlat soliq
inspeksiyasi boshlig’i: _____________________
Bajardi: S.Nazirov
8- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOTDA SOLIQ TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINING BUZILGANLIGI UCHUN TA’SIR CHORALARINI QO’LLASHDA VAKOLATLI SHAXSLAR.
REJA:
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ta’sir choralarini qo’llash tartibi.
Soliq to’g’risidai qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llash vakolatiga ega bo’lgan vakolatli shaxslar.
Tayanch suz va iboralar: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, Davlat soliq xizmati organlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar.
1.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ta’sir choralarini qo’llash tartibi
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq to’g’risida qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuz berganda soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan soliq to’lovchilarga nisbatan Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi va tegishli tartibda tekshirish dalolatnomalari va ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomalarni tuzadi.
Sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarliklar qo’llaniladi.
Ma’muriy javobgarliklarning ayrim moddalari Davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari yoki boshliq o’rinbosarlari tomonidan qo’llanilishi mumkin. Qolgan barcha javobgarliklar sud tartibida amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 278-moddasiga ko’ra materiallarni prokurorga topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |