Dasturning mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
Tayanch suz va iboralar: Soliq tekshiruvi dalolatnomasi, tekshiruv harakatlari bayonnomasi, materiallarni ko’rib chiqish bayonnomasi, materiallarni ko’rib chiqish qarori, qarorni bajarish, tekshiruv materiallari.
1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish. Amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq tekshiruvi doirasida harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar ko’rsatiladi: 1) tekshirilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 2) tekshiruvni o’tkazish asoslari, turi va davri; 3) muayyan harakat bajarilgan sana va joy; 4) harakat boshlangan va tugallangan vaqt; 5) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; 6) harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir bo’lgan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur hollarda esa uning manzili; 7) harakatning mazmun-mohiyati, uni o’tkazish izchilligi; 8) soliq tekshiruvi paytida aniqlangan faktlar va holatlar. Harakatlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan va (yoki) hozir bo’lgan barcha shaxslar bayonnomani o’qib chiqadilar. Mazkur shaxslar o’z fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli va bu fikr-mulohazalar bayonnomaga kiritilishi yoki soliq tekshiruvi materiallariga qo’shib qo’yilishi lozim. Bayonnoma davlat soliq xizmati organining bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir bo’lgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga fotosuratlar va negativlar, kinolentalar, videoyozuvlar hamda harakatlar amalga oshirilganda bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha quyidagilar ko’rsatilgan holda soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilishi kerak: 1) tekshiruv o’tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; 2) tekshiruv o’tkazish uchun asos; 3) tekshiruv turi va uni o’tkazish davri; 4) davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o’tkazgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi; 5) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi; 6) yuridik shaxsning to’liq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; 7) soliq to’lovchining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning identifikatsiya raqami; 8) ilgarigi tekshiruv to’g’risidagi ma’lumotlar; 9) tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv o’tkazish uchun soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar; 10) soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud bo’lganda) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi mufassal tavsifi; 11) tekshiruv natijalari bo’yicha fikrlar va xulosalar. Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan bo’lmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga topshiriladi. Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko’rsatgan holda imzo qo’yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo’shib qo’yiladi. Soliq to’lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi. Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to’lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo’natilgan kundan e’tiboran uch kun o’tgach, soliq to’lovchiga topshirilgan hisoblanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to’lovchiga topshirilgan kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi. Soliq tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’lgan, Soliq Kodeksning 88-moddasida ko’rsatilgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to’g’risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o’tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo’shib qo’yilishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling