Dasturning mazmuni


Soliq to’lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining qarorini bajarish


Download 1.98 Mb.
bet67/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

4.Soliq to’lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining qarorini bajarish.

Soliq to’lovchi, davlat soliq xizmati organi qarorining ko’chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida qarorda ko’rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya summasini to’lashi shart.

Amaldagi qonunchilikga asosan, ya’ni o’ttiz kun ichida soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to’lovlar va penya summasi to’langan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qarorining soliq to’lovchiga nisbatan qo’llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotiraga ega bo’lgan nazorat-kassa mashinalarining qo’llanilish tartibini buzish, shuningdek litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanish hollariga tatbiq etilmaydi.

Amaldagi qonunchilikka asosan belgilangan muddatda, ya’ni o’ttiz kun ichida soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagan hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya summasi to’lanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi Soliq Kodeksning 62—65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani majburiy ravishda undirish choralarini ko’radi, shuningdek soliq to’lovchiga nisbatan jarima qo’llash to’g’risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.

Agar davlat soliq xizmati organining qarori budjetga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushmasligiga olib kelmagan soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun soliq to’lovchiga nisbatan jarima qo’llanilishini nazarda tutsa, soliq to’lovchi qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima to’lashi to’g’risida yoki uni rad etishi to’g’risida yozma bildirish taqdim etishi (yuborishi) shart.

Soliq to’lovchi soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlikdagi aybini tan olgan taqdirda, belgilangan muddatda davlat soliq xizmati organiga jarimani (aniq muddatni ko’rsatgan holda) ixtiyoriy ravishda to’lash uchun zarur bo’lgan muddat berish to’g’risida murojaat qiladi. Jarima qo’llash to’g’risida qaror qabul qilgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari arizani olgan kundan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmasdan soliq to’lovchi tomonidan so’ralgan muddatni berish to’g’risida qaror qabul qiladi. Muddat jarimani ixtiyoriy ravishda to’lash uchun muddat berish to’g’risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’ttiz kundan, Soliq Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa olti oydan oshmasligi kerak. Mazkur qarorning nusxasi soliq to’lovchiga tilxat olish orqali yoki soliq to’lovchi qaror nusxasini olgan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. Agar soliq to’lovchiga qarorning nusxasini bunday usullar orqali topshirish imkoni bo’lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo’natiladi va jo’natilganidan uch kun o’tgach, topshirilgan hisoblanadi.

Soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchi sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lash to’g’risidagi yoki uni rad etganligi to’g’risidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi to’g’risida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek berilgan muddat ichida jarima to’lanmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchiga nisbatan jarima qo’llash to’g’risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.

Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ushbu qoidalarga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo’lishi mumkin.

Soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llash O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Soliq tekshiruvini o’tkazishda soliq to’lovchiga yoxud uning egaligida, foydalanishida yoki tasarrufida bo’lgan mol-mulkka g’ayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Soliq tekshiruvini o’tkazishda davlat soliq xizmati organlari yoki ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari orqali yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o’rni davlat soliq xizmati organlari tomonidan to’liq hajmda qoplanishi kerak. Sud qaroriga binoan zararlarning o’rnini qoplash davlat soliq xizmati organlari qaysi mansabdor shaxslarining aybi bilan zarar yetkazilgan bo’lsa, o’sha mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.

Davlat soliq xizmati organlari va ularning mansabdor shaxslari g’ayriqonuniy harakatlar sodir etganligi natijasida soliq to’lovchiga yetkazilgan zarar uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali soliq to’lovchiga yetkazilgan zararlarning o’rni qoplanmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling