2.Soliq tekshiruvlari chog’ida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llash.
Rejali soliq tekshiruvlari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida o’tkaziladi. Davlat soliq xizmati organlariga xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar kelib tushganda rejadan tashqari soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi. Qo’shimcha ma’lumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin.
Tekshirishlar, shu jumladan, nazorat tekshirishlari va taftishlar natijalari dalolatnoma bilan, zarur hollarda esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatma bilan ham rasmiylashtiriladi. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlarning bir nusxasi majburiy tartibda tekshirish obyektida qoladi.
Dalolatnoma va ko’rsatmalarni rasmiylashtirish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Moliyaviy buzilishlar, shuningdek, suiiste’molliklar, o’g’irliklar aniqlangan hollarda, yetkazilgan zararlarning miqdoriga qarab, aybdor shaxslar belgilangan ma’muriy javobgarlikka tortiladilar yoki tekshirishlar materiallari o’n kun muddatda tergov organlariga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |