Dasturning mazmuni
Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir chorasini qo’llash
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
3.Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir chorasini qo’llash.
Davlat soliq xizmati organining tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi yuridik va jismoniy shaxslar ustidan soliq nazoratini amalga oshirish chog’ida, shuningdek soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda quyidagi ma’muriy huquqbuzarlik alomatlarining mavjudligi aniqlanganda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs(lar)ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzadi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o’zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yo’li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish – MJTKning 61-moddasi. SHu o’rinda, ustav fodida Davlat ulushi bo’lmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mlkini ularning xodimi tomonidan o’g’irlash, o’zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo’li bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-taroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko’ra javobgarlikka sabab bo’ladi; savdo, xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish – MJTKning 164-moddasi birinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarliklar ancha (eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha) miqdorda sodir etilgan bo’lsa – MJTKning 164-moddasi ikkinchi qismi; yonilg’i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo’lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo’lda savdo qilish – MJTKning 164-moddasi uchinchi qismi; dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yoxud yonilg’i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish – MJTKning 164-moddasi to’rtinchi qismi; litsenziya olinishi shart bo’lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug’ullanish – MJTKning 165-moddasi; sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o’tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o’tkazish – MJTKning 1651-moddasi; xo’jalik yurituvchi subyektlarning, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olishi – MJTKning 166-moddasi birinchi qismi; ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri to’g’risida axborot bo’lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish – MJTKning 166-moddasi uchinchi qismi; bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish – MJTKning 168-moddasi; valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko’zlamay turib vaqtida yoxud to’liq o’tkazilmaslik – MJTKning 171-moddasi birinchi qismi; valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo’yin tovlash – MJTKning 171-moddasi ikkinchi qismi; eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish – MJTKning 171-moddasi uchinchi qismi; yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish – MJTKning 172-moddasi; soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoxud soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlash – MJTKning 174-moddasi birinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlik ancha (eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha) miqdorda sodir etilgan bo’lsa – MJTKning 174-moddasi ikkinchi qismi; daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish – MJTKning 174-moddasi uchinchi qismi; foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to’lanishi lozim bo’lgan soliq yoki boshqa majburiy to’lovlarning miqdorini kamaytirishga olib kelsa – MJTKning 175-moddasi birinchi qismi; soliq hisobotini taqdim etmaslik, o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik – MJTKning 175-moddasi birinchi qismi; kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to’lov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan to’lovlarni undirish bo’yicha soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o’tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag’lar bo’lgan holda to’lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablag’larini hisobdan chiqarish navbatini buzish – MJTKning 175-moddasi uchinchi qismi; soliq organlarida ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish – MJTKning 175-moddasi to’rtinchi qismi; Soliq to’lovchi tomonidan budjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun to’lov topshiriqnomasini xizmat ko’rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o’z vaqtida taqdim etmaslik, – MJTKning 175-moddasi oltinchi qismi; Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – MJTKning 175-moddasi yettinchi qismi5; buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish – MJTKning 1751-moddasi; ish haqini taqiqlangan shakllarda to’lash – MJTKning 1754-moddasi; xodimlar sonini yashirish – MJTKning 1755-moddasi birinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa – MJTKning 1755-moddasi ikkinchi qismi; tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning belgilangan tartibini buzish – MJTKning 176-moddasi birinchi qismi; savdo yoki vositachilik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazishdan bo’yin tovlagan holda amalga oshirish – MJTKning 176-moddasi ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlik ancha (eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha) miqdorda sodir etilgan bo’lsa – MJTKning 176-moddasi uchinchi qismi; xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o’zgarganligi to’g’risidagi yoki o’zi qayta ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg’on ma’lumotlarni taqdim etish – MJTKning 1762-moddasi; avtomobil transportida yo’lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug’ullanish – MJTKning 1763-moddasi; belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to’liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo’lovchilarni tashish – MJTKning 1764-moddasi; xo’jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortishi – MJTKning 1791-moddasi; ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog’liq o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg’arib boriladigan pensiya badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik – MJTKning 1792-moddasi birinchi qismi; jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish – MJTKning 1792-moddasi ikkinchi qismi; etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (ancha miqdorgacha qiymatda sodir etilgan bo’lsa) – MJTKning 1861-moddasi; soliq to’lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to’g’risida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to’lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to’g’risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko’rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o’z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko’rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi – MJTKning 2153-moddasi birinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa – MJTKning 2153-moddasi ikkinchi qismi; O’zbekiston Respublikasi MJTKning boshqa moddalari.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling