Dasturning mazmuni
- MAVZU: SOLIQ TO’LOVCHILAR TOMONIDAN QONUN BUZILISHI HOLATI ANIQLANGANDA UNDA QATNASHUVCHI SHAXSLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
11- MAVZU: SOLIQ TO’LOVCHILAR TOMONIDAN QONUN BUZILISHI HOLATI ANIQLANGANDA UNDA QATNASHUVCHI SHAXSLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
REJA: Soliq to’lovchilar tomonidan qonun buzilishi holati aniqlanganda unda qatnashuvchi soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlari. Soliq to’lovchilar tomonidan qonun buzilishi holati aniqlanganda unda qatnashuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari. Tayanch so’z va iboralar: soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari, soliq agentlari, Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarining huquqlari hamda majburiyatlari. 1.Soliq to’lovchilar tomonidan qonun buzilishi holati aniqlanganda unda qatnashuvchi soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlari. Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega: o’z faoliyatlari tekshirilishi to’g’risidagi tegishli axborotga ega bo’lish; nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo’linmalari qarorini, tekshirish o’tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish; tekshirish o’tkazish uchun tegishli hujjatga ega bo’lmagan shaxslarni tekshirish o’tkazishga yo’l qo’ymaslik; nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga ta’luqli bo’lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik; nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so’ng o’n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatlarning bir nusxasini olish; qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari bo’yicha shikoyat qilish. soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish; soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish; soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; davlat soliq xizmati organlarining va ular mansabdor shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik; davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; davlat soliq xizmati organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish. Soliq to’lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi. Soliq to’lovchilar quyidagi majburiyatlargi ega: soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi; davlat soliq xizmati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart. Soliq to’lvchilar tekshiruvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talabiga binoan tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o’z vazifalarini bajarishlari uchun ko’maklashishga majburdirlar. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling