Dasturning mazmuni


Ma’muriy amaliyot yuzasidan mansabdor shaxslarning javobgarligi


Download 1.98 Mb.
bet248/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1.Ma’muriy amaliyot yuzasidan mansabdor shaxslarning javobgarligi.

Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladilar:

o’z vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;

Davlat soliq xizmati to’g’risidagi Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;

g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi uchun;

o’zining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;

boshqa huquqbuzarliklari uchun.

Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chog’idagi g’ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.

Davlat soliq organlari xodimlarining o’z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

Davlat soliq xizmati organlarining soliq nazoratini amalga oshirish, shu jumladan soliq tekshiruvlarini o’tkazish, shuningdek ularni ko’rib chiqish vazifalari qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxslari:

o’z funktsional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi;

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;

O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan qarorlar qabul qilganligi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq buzilishlari uchun belgilangan tartibda javob beradilar.

Soliq, valyuta va iqtisodiyot soxalaridagi qonun buzilishlarga qarshi kurashni yanada kuchaytirish xamda xamkorlikni yaxshilash maqsadida jinoyat alomatlari mavjud xujjatlarni rasmiylashtirish, prokuratura va Bosh prokuratura xuzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi qurashish departamenti organlariga yuborilishi bo’yicha Bosh prokuratura va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tartib o’rnatilgan.

Ushbu tartibga asosan o’tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xavfsizligini ta’minlash, ular tomonidan nojo’ya xatti-xarakatlar sodir etilishining oldini olish soxasida aniqlangan :

- fuqarolarning xuquqlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo’lgan mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash;

- pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xodimni pora evaziga og’dirish;

- mansabdor shaxsning g’arazgo’ylik yoki boshqa manfaatlarni ko’zlab, rasmiy xujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, xujjatlarni qalbakilashtirishi yoki soxta xujjatlar tuzishi va taqdim etishi ;

- qat’iy xisobdagi xujjatlar, shtamplar, muxrlar, blanklarni qonunga xilof ravishda egallash, shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish;

- xodimga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo’lgan o’zganing mulkini o’zlashtirish yoki rastrata qilish yo’li bilan talon-toroj qilish;

- davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilishi, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, qonun xujjatlarida nazarda tutilmagan statistika xisoboti va boshqa xujjatlarni talab qilib olish yoxud xisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlariga xilof ravishda talab qilib olish, shuningdek, uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda g’ayriqonuniy aralashish;

- qarshilik ko’rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan davlat soliq xizmati organlari xodimining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko’rsatish, xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof xarakatlar sodir etishga majbur qilish;

- boshqa turdagi qonunbuzishlar bo’yicha tuzilgan xujjatlar prokuratura va Departament organlariga taqdim etiladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling