Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari


Download 70.61 Kb.
bet12/15
Sana21.04.2023
Hajmi70.61 Kb.
#1373318
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3) (3)

Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo‘lib, hukumatni tuzishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni parlament saylovlarida eng ko‘p o‘rin egallagan partiya tuzadi. Davlatning amaldagi rahbari hukumat boshlig‘i - Bosh vazir bo‘lib, u qoidaga ko‘ra saylovlarda g‘olib chiqqan partiya yo‘lboshchisi hisoblanadi.
Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Huku- mat o‘z vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo‘llab-quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo‘lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi54.
Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko‘zda tutilgan bo‘lsa- da, odatda, u katta mavqega ega bo‘lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida «kuchli parlament» qoidasi amalda bo‘lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston kabi davlatlar par- lamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi. Shuningdek, jahon tajribasida respublikaning aralash shakli ham uchrab turadi. Aralash (prezidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo‘lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o‘rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o‘zida «kuchli parlament»va «kuchli prezident» mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan ke- skin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o‘rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo‘ladi55.
Prezident umumxalq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. U keng vakolat- larga ega bo‘lsa-da, lekin hukumat boshlig‘i bo‘lmaydi. Prezidentlik lavozimi bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo‘lgan Bosh vazir mansabi nazarda tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi. Hukumat ham parlament oldida (ishonchsizlik votumi), ham prezident oldida mas’uldir.
Aralash respublika shakliga hozir Fransiya va Armaniston davlatlaridagi mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.


Download 70.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling