Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari
II Bob. Hozirgi davrda respublika va monarxiya boshqaruvi shakli, qiyosiy tarixiy tahlil
Download 70.61 Kb.
|
Документ Microsoft Word (3) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Yangi O`zbekistonda davlat boshqaruv shaklining o`ziga xos muhim elementlari rivojlanishi va istiqboli
- XULOSA
- FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR
II Bob. Hozirgi davrda respublika va monarxiya boshqaruvi shakli, qiyosiy tarixiy tahlil.2.1 Yangi O`zbekistonda respublika boshqaruv shaklining oziga xos xususiyatlari va turlari.O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi. Boshqaruv har qanday jamiyatning ichki ehtiyojidir. Mehnat jarayoni va umuman har qanday faoliyat jarayonini tashkil etish ehtiyoji boshqaruvni keltirib chiqaradi. Boshqaruv - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Jamiyat maxsus boshqaruv tizimisiz mavjud bo'la olmaydi. Jamiyat hayotidagi tartib jamiyat nomidan ish yurituvchi maxsus davlat boshqaruv tizimi va mustaqil shaxs hamda jamoalarning ijtimoiy o'z-o'zini boshqaruvi tizimi asosiga qurilgandir. Lekin davlatgina jamiyatning yaxli boshqaruv tizimi bo'lib xizmat qila oladi. Davlat boshqaruvining o'ziga xos tizimi shundaki, u davlat qonunlarining hamma fuqarolar uchun majburiy bo'lgan kuchiga, jamiyatga va uning a'zolariga taalluqli bo'lgan ommaviy hokimiyatga tayanadi. Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyati uyushqoqligi bilan kafolatlanadi. Ijtimoiy boshqaruv tizimida davlat asosiy bo'g'inni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun «Davlat boshqaruvi» deb atash mumkin56. Davlat boshqaruv tizimi - ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar tizimi, ya'ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimidan iborat. O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimi quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti – Davlat boshlig'i sifatida; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasi – respublika hukumati; O'zbekiston Respublikasi vazirliklari; O'zbekiston Respublikasi davlat qo'mitalari; O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari; viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo'lim va boshqarmalari57. Davlat boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va har bir sohaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko'radilar. Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgilardan biri davlat boshlig'ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo'l bilan kelishi hisoblanadi. Hozirgi dunyodagi mamlakatlar boshqaruv tizimi shakl jihatdan turlichadir. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli – respublika va monarxiya shakli keng tarqalgan58. Respublika xalq hokimiyati demakdir. Respublika tushunchasi huquqiy qadriyat sifatida –davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning saylab qo'yilishini, ovoz beruvchilarning xohish-irodasi hisobga olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining ajralmas belgilaridir. Respublika o'z navbatida Prezidentlik Respublikasi, Parlamentar Respublika va aralash respublika shaklida bo'ladi. Prezidentlik Respublikaning Parlamentar respublikadan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanadi, u davlat va ijro hokimiyatning boshlig'i hisoblanadi, hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi59. Parlamentar respublikada esa parlament, ya'ni Oliy vakillik, qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi. Parlament saylovlarida g'alaba qilgan partiya rahbarlari hukumatni tuzadilar. Hukumat boshlig'I bosh vazir bo'lib, real hokimiyat uning qo'lida bo'ladi. Parlament hukumat qarorlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Butun hukumat yoki uning ayrim a'zolarini iste'foga jo'natadi. Hukumat par1ament oldida hisob beradi. Davlat boshqaruvining parlamentar respublika shakli hozirgi davrda Olmoniya Federativ Respublikasi, Italiya, Hindiston, Avstriya, Polsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o'rnatilgan60. Aralash respublikada prezidentlik va parlamentar respublikaning asosiy xususiyatlari aralashgan holda o'z aksini topadi. Bunda prezident bevosita xalq tomonidan ma'lum muddatga saylanadi. U bevosita hukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan parlament yoki uni quyi palatasini tarqatib yuborish huquqiga ega. Qonun bilan belgilangan muddat o'tgandan so'ng, xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlarining vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov o'tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Fransiya va Rossiya Federatsiyasi uchun xosdir61. Davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shakli - davlat boshqaruvining samarali shakli bo'lib, davlatni boshqarish san'ati nazariyoti va amaliyotining taraqqiyoti natijasida tarixiy tajriba asosida tanlab olingan yo'llardan biri. Bu boshqaruv shaklida davlatni boshqarishda Parlamentga nisbatan Prezidentning huquqlari ustuvorligi ta'minlangan bo'ladi. Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko'p tarqalgan davlat boshqaruv shakli hisoblanadi. 1995-yilgi ma'lumotga ko'ra BMTga a'zo 186 davlatdan 140 tasida prezident lavozimi mavjud bo'lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSh, Argentina, Braziliya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir62. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy hamda samarali shakli - prezidentlik shakli tizimi qaror toptirildi. Ya'ni, O'zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o'rnatilgan. Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir. Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati birbiridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi63. O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir64. Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi. Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur. Respublika birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir65. Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi66. Demokratiya bu Konstitutsiya va qonunlar doirasida erkinlik demakdir. Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin67. Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi - hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita, ya'ni vakillik shakli mavjud68. Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga, ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda69. 2.2 Yangi O`zbekistonda davlat boshqaruv shaklining o`ziga xos muhim elementlari rivojlanishi va istiqboliO‘zbekistonda yangi demokratik boshqaruv tizimi shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” deb nomlangan asarida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inqilobiy islohotlar “...butun davlat boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga – “Yangi shaxs”, “Yangi fuqarolik jamiyati”, “Yangi demokratik boshqaruv tizimi”ga olib chiqishni talab qiladi. Bu qat’iy talab, o‘z navbatida, tizimli konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishni kun tartibiga dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda”70. Mazkur maqsadga erishish uchun 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat va jamiyat qurilishida qator ustuvorliklar belgilab olindi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish” deb nomlangan 3-maqsadda mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish; “Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish” db nomlangan 11-maqsadda – Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish; “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangan 12-maqsadda – jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish hamda ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati sub’ektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilab berilgan71. Sanab o‘tilgan ana shu va boshqa strategik vazifalarga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi qarori bilan davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari faoliyati muhim ahamiyatga ega. Mazkur kengashlar davlat organlarining aholi bilan ochiq va manzilli muloqot olib borishning yangi samarali vositasi va mexanizmi sifatida e’tirof etilmoqda. Buni bir nechta jihat bilan asoslantirishimiz mumkin72. Birinchidan, birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajarish jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida e’tirof etildi. Ikkinchidan, jamoatchilik kengashlari davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash vakolatiga ega bo‘lishdi73. Uchinchidan, jamoatchilik kengashlari qator muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etish huquqiga ham erishdi. 2021 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti mazkur jamoatchilik kengashlari faoliyatini kompleks ravishda o‘rganish va uni yanada jonlantirishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan. Buning uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birga Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihani respublikaning uchta pilot tumanlarida: Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida va Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida amalga oshirib kelmoqda. Loyiha doirasida pilot tumanlarning mahalliy davlat hokimiyati: tuman hokimi va xalq deputatlari Kengashi huzurida jamoatchilik-maslahat kengashlarini shakllantirishdan boshlab mazkur tuzilmalar faoliyatini rejalashtirish va yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan barcha institutsional, tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi74. Shu bilan birga, jamoatchilik-maslahat kengashlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, kengash a’zolarining ko‘nikmalarini shakllantirish, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar va huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasida bilim va mahoratlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022 yil mart-avgust oylari mobaynida pilot tumanlarda jamoatchilik-maslahat kengashlari faoliyatining asl mazmun-mohiyatini ochib berish, ular oldida turgan asosiy vazifalarni bajarish mexanizmi hamda ularga yuklatilgan huquqlardan foydalanish tartibini tushuntirishga yo‘naltirilgan turkum seminar-treninglar joriy etildi75. Mazkur treninglar jarayonida jamoatchilik-maslahat kengashi a’zolari, masalan, qanday qilib hokim yoki xalq deputatlari Kengashi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikrini yetkazishi va hisobga olinishini ta’minlashi. Fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta’minlashi, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishi, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishi bo‘yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mumkinligi amaliy tadbirlar, test savollari, o‘yinli mashg‘ulotlar va boshqa interaktiv uslublar yordamida o‘rgatildi. Hozirgi kunda jamoatchilik-maslahat kengashlari qator ijobiy natijalarga erishgan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi76. Mustaqillik davri mobaynida O‘zbekiston davlat tizimida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi va faol rivojlanishda davom etmoqda. Xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ta’minlaydigan 2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasini qabul qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ayniqsa sezilarli bo‘ldi77. Ushbu strategiyaning amalga oshirilishi so‘nggi yillarda mamlakat hukumati tuzilmalarini tubdan modernizatsiya qilish imkonini berdi. Davlat hokimiyati tizimining gorizontal muvozanatini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi: ijro hokimiyati va sud hokimiyatining yuqori tarkibini shakllantirishda yangi vakolatlarga ega bo‘lgan Oliy Majlisning roli sezilarli darajada oshdi. Oliy sud organlarini optimallashtirish va ular ko‘rib chiqadigan masalalar turiga qarab ixtisoslashtirishga asoslangan hududiy sudlarning izchil tuzilmasini joriy etish orqali sud tizimining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Tubdan ma’muriy islohot o‘tkazilib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari modernizatsiya qilindi va yangilandi78. Islohotlarning strategik maqsadi o‘z fuqarolarining demokratik tamoyillari va shaxsiy erkinliklarini, ularning kafolati va himoyasini ta’minlovchi demokratik davlat qurishdan iborat. So‘nggi yillarda xalq bilan muloqotni faollashtirish uchun elektron portal va ijtimoiy media-ilovalar ishga tushirilib, deputatlarga saylovchilar bilan doimiy muloqotni davom ettirish imkonini berayotgani bu borada salmoqli qadamlar qo‘ymoqda. Ushbu tizim saylovchi deputatning kundalik faoliyatini kuzatishi, qonun loyihalarini muhokama qilishi va ular haqida o‘z fikrini bildirishi uchun ishlashga mo‘ljallangan79. Ta’kidlash lozimki, Jahon bankining "Davlat boshqaruvi ko‘rsatkichi"da 2019 yilda O‘zbekistonning pozitsiyasi 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha yaxshilandi. Bunga olib borilgan islohotlar asos bo‘ldi, ularni hal etishga yordam berish uchun samarali muloqot va xalq muammolarini o‘rganish tizimi yaratilib, matbuot erkinligi va davlat organlarining xalqqa hisobdorligini ta’minlash borasida muhim qadamlar qo‘yildi. Bugungi kunda ular Oliy Majlis Senati a’zolarining 25% ini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 32% ini tashkil etadi. Yangi saylov deputatlari va senatorlarining aksariyati yangi saylanadi. Hammasi bo‘lib parlament 4/5 yangi a’zodan iborat. O‘rtacha yoshga kelsak, ikkala palata ham o‘tgan saylovga nisbatan o‘rtacha uch yilga "o‘sdi": 46 va 57 yosh 2015 yil bilan taqqoslaganda 43 va 54 yosh. So‘nggi yillarda ijro etuvchi organlarda ayollar vakillik ko‘rsatkichlari ham 3,4% dan 16% gacha – deyarli 5 barobar oshdi80. Bugungi kunda ular Oliy Majlis Senati a’zolarining 25% ini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 32% ini tashkil yetadi. Yangi chaqiriq deputatlari va senatorlarining aksariyati yangi saylanadi. Hammasi bo‘lib parlament 4/5 yangi a’zodan iborat. O‘rtacha yoshga kelsak, ikkala palata ham oxirgi chaqiruvga nisbatan o‘rtacha uch yilga "pishib" qoldi: 46 va 57 yil, 2015 da 43 va 54 bilan taqqoslaganda. 3,4% dan 16% gacha-so‘nggi yillarda, ijro yetuvchi organlarda ayollar vakillik ham deyarli 5 barobar oshdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston nufuzli xalqaro parlamentlararo tuzilmalarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylandi. Ular orasida Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlamentlararo assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi bor. Bundan tashqari, mazkur tashkilotlarda Oliy Majlis deputatlari rahbarlik lavozimlariga saylandi. O‘zbekistonda davlat xizmatini tashkil etish masalasi mustaqillikka erishgandan buyon eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Uzoq vaqt davomida davlat xizmatchilarining tarkibi, lavozimlari va sinflari masalalari noaniq bo‘lib qoldi. Qisman, normativ-huquqiy tartibga solishdagi bu bo‘shliq Respublika davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish chog‘ida chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan qoplandi81. Davlat xizmati tizimidagi mavjud vaziyatni o‘nglashga qayta-qayta urinishlar bo‘ldi. Dastlab ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, avvalo, davlat xizmatchilari sonining nazoratsiz o‘sishining oldini olishga qaratildi. 1996 va 2003 yillarda mamlakatning yuqori rahbariyati oliy va mintaqaviy ijroiya organlarida ikkita keng ko‘lamli xodimlarni qisqartirish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakat aholisiga nisbatan davlat xizmatchilari sonini 6 dan 1000 aholisiga nisbatiga erishish imkonini berdi.O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatini tartibga solishning ko‘pgina muammolari uni shakllantirishning dastlabki bosqichida normativ-huquqiy hujjatlar tuzilishining turlichaligi bilan izohlandi82. Shu bilan birga, ushbu chora-tadbirlar fuqarolarni tanlash va davlat xizmatiga qabul qilishni normativ jihatdan tartibga solishning yetarli emasligi bilan bog‘liq tizimli muammolarni hal qila olmadi. 2016 yilda davlat organlarida band bo‘lgan fuqarolar uchun professional mezonlarni belgilashga urinish-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror davlat xizmatchilarining barcha turdagi davlat xizmati uchun umumiy bo‘lgan rasmiy xulq-atvor tamoyillarini belgilab berdi. Nizomning 5-bandiga asosan Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:83 qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik; davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik; adolatlilik, halollik va xolislik; manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik84. Shu bilan birga, Nizom matnida ilgari davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilmagan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi qo‘shimcha tarzda ochib berilgan bo‘lsa-da, uning yo‘l qo‘yilmasligi ko‘plab davlat xizmati lavozimlari faoliyatini nazarda tutilgan. Davlat xizmatini isloh qilish. Xizmatga qabul qilish, mansabni oshirish bo‘yicha malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi va davlat xizmatchilarining moddiy, tashkiliy, huquqiy va mehnat kafolatlari masalalari hal etilmay qoldi. O‘zbekistonda davlat xizmatini isloh qilish yo‘lidagi eng muhim qadamlari 2017 yil 7 fevralda "Beshta harakat strategiyasi" va "O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohototlar tushunchasi" qabul qilinganidan so‘ng amalga oshirildi. Konsepsiyaning yo‘l xaritasi "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xizmati lavozimlariga kadrlarni tanlash tizimini tartibga solishga qaratilgan bir qator byulletenlarni o‘z ichiga oladi. "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi yaqinda e’lon qilindi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hozirgi kundagi ushbu muhim hujjat 8 ta qism va 78 ta moddani o‘z ichiga oladi. Qonun ishlab chiquvchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti e’lon qilingan paytdan e’tiboran tartibga solinmagan davlat xizmatining barcha masalalarini normativ tartibga solishni ta’minlash vazifasini o‘z zimmalariga oldilar85. Hozirgi kunda davlat xizmati tizimini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi akademik hamjamiyati bu borada davlatga faol ko‘maklashadi. Ushbu o‘zaro hamkorlikning salmoqli natijalaridan biri "Taraqqiyat"istiqbolli rahbar kadrlarni tanlash bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish bo‘ldi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va "Buyuk Kelajak" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Tanlov har 3 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shartlarga ko‘ra, tanlovda 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli va tegishli sohada boshqaruv lavozimlarida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarga tayinlanadi, tanlov finalchilari esa rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi86. 2019 yilda mamlakat rahbariyati kadrlar siyosatini takomillashtirish choralarini ko‘rdi. 2019 yil 3 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni kuchga kirdi. Ushbu Farmonning asosiy natijasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, unga bevosita hisobot berildi. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish; Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish; davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish; malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish; eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish; davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish; davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish87. 2021 yilning 1 yanvaridan davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasining davlat davlat xizmatini ko‘rsatuvchi barcha davlat organlari va tashkilotlariga tegishlidir. Bu holatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining regulyator sifatida roli juda muhim bo‘ladi. Farmonga ko‘ra, Davlat tashkilotlarining kadrlar bo‘limi rahbarlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Bundan tashqari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatini tartibga solish bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi88. Yangi Agentlik oldida qo‘yilgan yana bir muhim vazifa davlat xizmatchilarining xalqaro amaliyotlarini tashkil etish edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, Argos tashqi ishlar vazirligi, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘inlarining eng istiqbolli 1000 nafardan kam bo‘lmagan ish stajiga bosqichma-bosqich ta’lim berish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqishni amalga oshiradi. Qarorga muvofiq, chet el stajiga yo‘naltiriladigan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi elchisining yashash joyidagi ish haqi miqdorining 60 foizi miqdorida ish haqi to‘lanishi lozim89. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida jahonning 56 davlati, jumladan, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi kabi qo‘shni davlatlar, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Amerikaning eng rivojlangan davlatlari xorijiy stajirovka joylari sifatida taklif etilgan. Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmati tizimi rivojlanish jarayonida. Ushbu jarayonni yakunlash uchun yagona tizim tuzish qonunlarini qabul qilish talab etiladi, biroq ularning mavjud emasligiga qaramasdan, mamlakat rahbariyati davlat xizmatining sifat darajasini oshirish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda90. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi ijrosi doirasida 12 ta yangi davlat organlari tashkil etildi, 20 ta vazirlik va idoralarning faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Keyingi uch yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi. Kelgusi besh yilga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi, yalpi ichki mahsulotni qariyb ikki barobarga oshirish – 58 milliard dollardan 100 milliard dollargacha va aholining hayot darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davlat boshqaruvisiz amalga oshirish mumkin emas91. XULOSABoshqaruv shakli yuqori organlar qanday shakllanganligini, ular nima ekanligini, qanday asosda o'zaro ta'sir qilishini ko'rsatadi. Boshqaruv shakli ham aholining davlatning oliy organlarini shakllantirishda ishtirok etadimi yoki yo'qligini ko'rsatadi, ya'ni ular demokratik yoki nodemokratik tarzda tarbiyalanadi. Shunday qilib, hukumat shakli oliy davlat hokimiyatini tashkil etish usulini, uning organlarini shakllantirish tartibini, ularning bir-biri bilan va aholi bilan o‘zaro aloqalarini, ularni shakllantirishda aholining ishtiroki darajasini ochib beradi. Davlatning ikkita asosiy shakli - monarxiya va respublika mavjud. Davlat shaklini tushunishga yagona yondashuv mavjud emas. G‘arb fanida davlat shakli va boshqaruv rejimi turi o‘rtasida farq yo‘q. Ba'zi mualliflar tizimli yondashuvni asos qilib olishadi. Va ular davlat shaklini uning elementlarini sanab o'tish orqali aniqlaydilar. An'anaga ko'ra, ular 3 element (boshqaruv shakli, davlat rejimi, hududiy tuzilma) haqida gapiradilar. Ayrim mualliflarning ta’kidlashicha, ushbu uch element bilan bir qatorda rejimga qo‘shimcha ravishda davlat shaklining to‘rtinchi mustaqil elementi – siyosiy dinamikani (hokimiyat va jamiyatning siyosiy rivojlanishining tabiati) ajratib ko‘rsatish zarur. Zamonaviy adabiyotda, qoida tariqasida, davlat shaklini aniqlash ushbu hodisaning mazmunli belgilari orqali sodir bo'ladi. Bunday yondashuvda davlat shakli davlat hokimiyatini tashkil etish, taqsimlash va amalga oshirish usullari majmui sifatida belgilanadi, bu xalqning davlat hokimiyatini shakllantirish va amalga oshirishdagi ishtiroki darajasini belgilaydi. Davlatning shakli davlat hokimiyati qanday yo‘llar bilan, qanday usullar bilan, kimning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotganligi, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda xalqning ishtirok etishiga qay darajada yo‘l qo‘yilishi va amalga oshirishda xalqning ishtiroki qay darajada ekanligini ham ko‘rsatadi. Quyidagilardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif etamiz: Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko‘zda tutadi. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR:Download 70.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling