Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari
Davlat boshqaruvining respublika shaklida
Download 70.61 Kb.
|
Документ Microsoft Word (3) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) prezidentlik respublikasi; 2) parla- mentar respublika . Prezidentlik boshqaruv shakli
Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan or- ganlar tomonidan saylab qo‘yish yo‘li bilan tuziladi va uning vakolati muayyan muddatga belgilanadi. «Respublika» lot. respublika - «jamoa ishi», «xalq ishi», davlat degan ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari - hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ - sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi. Jamiyat taraqqiyoti tarixida respublika shaklidagi davlat boshqaruvining bir necha ko‘rinishlari ma’lum. Afina davlatida (mil. av. V - IV asrlar) boshqa- ruvning demokratik respublika shakli mavjud bo‘lgan. Unda afinalik erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tartibi, jamoa qulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruvining birmuncha samarali tizimi faoliyat ko‘rsatgan50.
Sparta (mil. av. V - IV asrlar) va Rim davlatlari (mil. av. V - II asr- lar) aristokratik respublikalar bo‘lgan. Ular davlat sifatida aksariyat aholining aristokratiya, nufuzli kiborlar qismining manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, shahar-respublikalar ham mavjud bo‘lib, ularda fuqarolarning erkinliklari va xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar-respublikalar Florensiya, Venetsiya - Italiyada; Novgorod, Pskov - Rossiyada va Germaniya, Fransiya, Angliyada ham bo‘lgan51. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parla- mentar respublika. Prezidentlik boshqaruv shaklida «kuchli prezident» qoidasiga asoslani- ladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig‘i hi- soblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega52. Davlat boshlig‘i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo‘lsada, ayni vaqtning o‘zida millat- ning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo‘mondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi53. Download 70.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling