Davlat boshqaruvi shakllarining turlari, muhim elementlari


Download 70.61 Kb.
bet10/15
Sana21.04.2023
Hajmi70.61 Kb.
#1373318
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3) (3)

Parlamentlik monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya) da qirol shoxlik vazifasini o‘tasada, mamlakatni to‘la ma’noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko‘p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko‘p deputatlik mandatlariga ega bo‘lgan partiya rahbari hukumat boshlig‘i bo‘ladi. Qonun hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. SHunday qilib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma’noga ega. Lekin yuqorida zikr etilganlardan monarx faqat sof ramziy shaxsga aylanib qoladi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bu sho‘ro davriga oid xato bo‘lib, u vaqtda monarxiya umri tugab bo‘lgan bir narsa sifatida ro‘yxatdan chiqarib yuborilgandi. Agar shunday bo‘lsa - ming yillab yashab kelgan boshqaruvning bu shakli hozirgacha ba’zilarning e’tiborini tortib kelayotganini qanday izohlash mumkin? Chunonchi, 1975 yili Ispaniya xalqi plebissit (referendum)da monarxiyani qaror toptirishga ovoz berdi. SSSR barham topishi bilan ko‘pchilik respublikalar (Rossiya, Ukraina)da monarxiyaning qayta tiklanishi ehtimoli haqida gaplar bo‘ldi. Albatta, buni izohlashning qiyin joyi yo‘q. Mashaqqatli damlarda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda hukm surayotgan beqarorlik sharoitlarida aksariyat odamlar hokimiyat tepasiga monarxning - «millat otasi»ning, «millatlar yakdilligi ramzi»ning kelishiga umid boglay boshlaydilar. Biroq, bunda faylasuf I.A.Ilinning haqqoniy ta’kidiga ko‘ra, monarxiya diniy ildizlarga asoslangan boshqaruvning «jonli» shakli bo‘ladi, shuning uchun ham maxsus ijtimoiy-ruhiy muhitni taqozo etadi. Uni dekret bilan joriy etish, yana ham muhimrog‘i tasodifiy bir shaxsni monarx deb e’lon qilish mumkin emas47.
Noan'anaviy monarxiya cheklangan monarxiya shakli sifatida ko‘p uchramaydigan davlat shakli bo‘lib, davlat boshqaruvi amaliyotida faol rivojlanmagan. Ushbu boshqaruv shakli monarxiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Noan’anaviy monarxiyada ham respublika, ham monarxiya shaklining elementlari uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Birlashgan Arab Amirligi yetti amirlik - Abu Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Um mul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra’s ul-Xaymadan iborat bo‘lib, ho- kimiyatning oliy organi - amirliklarning shayxlaridan iborat Oliy kengash hisoblanadi. Mazkur kengash a’zolari 5 yil muddatga davlat boshlig‘i - Oliy amirni saylaydilar. Uning monarxiya boshqaruv shakliga xos xususiyati shun- daki, Oliy amir faqatgina yetti amirlik rahbarlaridan va kelajakda shu amirlarning taxt merosxo‘rlaridan saylanadi. Amir lavozimi esa faqatgina yagona avlod va uning merosxo‘rlariga tegishlidir. Hukmdorning taxtni egallashi jarayoni xalqning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllantiriladi, bu esa, o‘z navba- tida, monarxiyaga xos xususiyat kasb etadi48.
Mazkur boshqaruv shaklining respublikaga oid jihati shundaki, Oliy amir saylov yo‘li bilan belgilanib, u muayyan davrgacha vakolatli hisoblanadi. De- mak, saylovning mavjudligi va muayyan muddatning o‘rnatilganligi respub- likaga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Malayziya davlati misolida quyidagilarni ko‘rish mumkin: davlat boshlig‘i - Oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Said Nutra Jamolullayl) 9 malayya shtati sultonlari kengashida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bunda uning tor doiradagi shaxslar tomonidan saylanishi hamda davlat boshlig‘i lavozimiga faqat sulton va uning qavm-qarin- doshlari tarkibidan nomzodlar taqdim etilishi monarxiyaning belgisi sifatida e’tirof etilsa, saylov institutining mavjudligi hamda muayyan davriy muddatga vakolat berilishi esa respublika boshqaruv shaklining ko‘rinishi hisoblanadi49.

Download 70.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling