Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Mundarija: Kirish I bob. Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Asosiy qism
Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish
Download 68.61 Kb.
|
Davlat budjeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish.
Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi. 1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash; 2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlash va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish; 3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish; 4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish; 5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash; 6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish. Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin. Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta’minlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi.Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog‘oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to‘g‘risida so‘z yuritilganda, g‘arb iqtisodiy adabiyotlarida qog‘oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.1[17] Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To‘la qimmatli pullardan o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan pul belgilarini qo‘llashga o‘tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog‘oz pul oddiy tovarlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega bo‘lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi. Download 68.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling