Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Mundarija: Kirish I bob. Davlat budjeti siyosati. Aholining ijtimoiy qatlami,mamlakat hududlari iqtisodiyoti Asosiy qism


Download 68.61 Kb.
bet9/10
Sana01.04.2023
Hajmi68.61 Kb.
#1315861
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat budjeti

1To‘g‘ri soliqlar

Egri soliqlar

  1. YUridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i

  2. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq

  3. Er solig‘i

  4. Mol-mulk solig‘i

  5. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

  7. Infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqalar.

        1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

        2. Aksiz solig‘i

        3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

        4. Bojxona to‘lovlari va boshq.





YAgona da Daromadlar ( mlrd so‘m ) hisobida.
1.To‘g‘ri soliqlar: 9338,5 mlrd so‘m, ya’ni 23,06 foiz.
2.Egri soliqlar: 22298,1 mlrd so‘m, ya’ni 55,05 foiz.
3.Er, mulk va boshqa soliqlar: 5806 mlrd so‘m, ya’ni 14,33 foiz.
4.Qo‘shimcha qiymat solig‘i: 390,2 mlrd so‘m, ya’ni 0,96 foiz.
5.Boshqa daromadlar: 2672,5 mlrd so‘m, ya’ni 6,60 foiz.
Ja’mi daromadlar: 40505,8 mlrd so‘m, ya’ni 100 foiz miqdorida prognoz qilingan.
Bundan tashqari Davlatning maqsadli fondlari daromadlari ( Pensiya jamg‘armasi, yo‘l, xususiylashtirish, melioratsiya va boshqa fondlar ) 23476,8 mlrd so‘m. Rekonstruksiya va rivojlantirish fonlari daromadlari: 2936,5 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilingan.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog‘i yuqoridagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik hususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to‘lovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi:
1. Umumiy soliqlar - respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar - bevosita biror- bir soha, tarmoq yoki ob’ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi - so‘mda hisoblab chiqariladi.
Mustaqillik yillarida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan soliq solish bo‘yicha me’yoriy-xuquqiy baza uzluksiz takomillashib, bugungi kunda Respublikada etarlicha barqaror va ochiq- oshkor soliq tizimi yaratildi. SHu yillarda iqtisodiyotimiz barqarorlashib borayotgani tufayli jismoniy shaxslar daromadiga soliq bosimi kamayib soliq shkalasi doimo takomillashtirilib borildi. Agar 2018 yilda eng kam ish haqi miqdorining 10 baravaridan oshadigan daromadga belgilangan 45% lik eng yuqori soliq stavkasi bilan bir qatorda jismoniy shaxslar daromadiga soliq solishning 5 darajali shkalasi qo‘llangan bo‘lsa, 2019 yilda eng yuqori stavkasi 40% bo‘lgan 4 darajali shkala joriy etildi.

Xulosa
Shunday qilib, jamlangan byudjet, uning shakllanish darajasidan qat'i nazar, ko'plab masalalarni hal qilish va sub'ektlarning funktsiyalari va vakolatlarini samarali amalga oshirishga imkon beradi. Bunday jamg'armalarning tashkil etilishi butun davlat uchun ham, mamlakat ichida ham, undan tashqarida ham keng tarmoqli tarmog'iga ega bo'lgan talab katta bo'lgan mahsulot ishlab chiqaradigan yirik korxonalar uchun juda muhimdir. Bunday mablag'larni shakllantirishda turli muhim omillarni hisobga olish kerak. Yalpi byudjetni keyinchalik taqsimlashda sohaning yoki muayyan korxonaning o'ziga xos xususiyatlarini va davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tahlil qilish natijasida olinadigan ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega bo'lishi kerak.
Ozbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlatmoliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini ozlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish

Download 68.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling