Davlat byudjft va


Download 0.57 Mb.
bet12/15
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#251028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 - savol
Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish

vazifalari

Soliqlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:



• Daromad (foyda) solig‘i. To‘lovchining yillik daromadidan chegiriladigan


  • qismi;


    Korxonalar foydasiga soliq. Xuquqiy shaxslarning sof foydasidan olinadi;

  • Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi;

  • Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda boyliklardan olinadi;

  • Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aksizlar, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.

Soliq tizimida quyidagi asosiy prinsiplarini ajratib

ko‘rsatish mumkin.



Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtisodiy imkoniyatlaridan ya’ni ularning daromadlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Chunki turli xuquqiy va jismoniy shaxslarning iqtisodiy imkoniyatlari bir xil emas, ular uchun soliq stavkasi tabaqalashtirilgan tartibda belgilanishi kerak, shuning uchun daromadlardan olinadigan soliqlar progressiv (o‘sib boruvchi) xarakterga ega bo‘lish zarur;

Ikkinchidan, soliqqa tortish bir martalik tavsifga ega bo‘lishi zarur, aks holda bu tovar narxi asoslanmagan xolda oshirilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Boshqa tomondan tadbirkorlarning iqtisodiy faollik ko‘rsatishidan manfaatdorligini susaytiradi. Bu erda

shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchining sotishdan olingan butun pul tushumdan emas, balki ular tomonidan qo‘shilgan qiymatdan soliq undirish alohida ahamiyatga ega.

Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda milliy iqtisodiyotdagi soliq tizimi soliq to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha uyg‘otmasligi zarur. Jarima tizimi ham shunday bo‘lishi kerakki, bunda soliq to‘lovchilarga to‘lanmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatlariga qaraganda ana katta miqdomi tashkil qilsin;

To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur;

Beshinchidan, soliq tizimi iqtisodiyotda yaratilgan YaMMning samarali qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak.

O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. SHunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi.

Bunda soliq tizimi- xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat vazifalarini xal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy ximoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir.

Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich isloh qilish talab qilinadi.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi.

Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.

Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir.

Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.

Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.

Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir meyorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Soliq yukini kamaytirish - mamlakatimiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning tadrijiy yo‘li tanlandi. Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili amaliyotga joriy etildi va u iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Ta’kidlash joizki, ushbu besh tamoyil bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari tomonidan "o‘zbek modeli" deb tan olindi.



Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bozor tamoyillariga to‘liq javob beradigan yangi soliq tizimi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy usullari va


nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim”.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling