Davlat funksiyalari


O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari


Download 85.27 Kb.
bet9/9
Sana18.11.2023
Hajmi85.27 Kb.
#1783429
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org

O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari

1. Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta`minlash. Endilikda
mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o`z 
Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-
aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash ushbu funksiya 




tarkibida muhim o`rin egallaydi.


2. YAqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o`zaro manfaatdorlik 
asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa
davr ichida O`zbekiston dunyoning ko`p davlatlari tomonidan rasman tan olindi, 
ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o`rnatildi, ikki
tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik 
olib borish O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim
ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi 
davlat organla-ri va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan
mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi. 
Respublikamizning yuqorida sanab o`tilgan funksiyalarini bajarish uchun
davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, 
davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va
boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat`iy belgilab 
qo`yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari
xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil yetish va uning huquqiy maqomini 
belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda
jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo`lmoqda. YAngi davr 
vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta
tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib, davrlar o`ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham
o`zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma`lum funksiyalarni bajarib 
turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma`noga ega bo`lmay qoladi, albatta.
Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada 
bo`lishi mumkin. Bu, so`zsiz, ko`pgina omillarga, shu jumladan, davlatning
moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga 
bog`liq bo`lishi tabiiy holdir.
Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati 
tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi
va ular jamiyatning o`zini o`zi boshqaruvchi sub`yektlari zimmasiga ma`lum o` 


zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali


erta, ammo jamiyatning o`sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari 
mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq
kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir. 
1) Davlat qanday funksiyalarga bo`linadi ? 

A) Ishtimoiy-siyosiy. B) Ichki-tashqi.


C) Siyosiy-iqtisodiy. D) To`g`ri javob yo`q. 
2) Quydagilardan qaysi davlatning ichki va tashqi funksiyalariga kiradi. 

A) Iqtsodiy-ishtimaoiy B)Siyosiy-Ma`naviy.


B) Molyaviy-qo`riqlash D) Barchasi to`g`ri. 
3) Regulyativ bu - ? 

A) Tartibga solish. B) Boshqarish.


C) Mustamlakaga aylantirish. D) A va B javob to`g`ri. 
4) Davlatning iqtisodiy funksiyasi bu – 

A) Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy faolyatiga ta`sir


Etish.

B) Iqsodiyotning davlat sektorini boshqarish.


C) Bozor munosabatlarining huquqiy asosini o`rnatish va narx-navo 
Munosabatlarini belgilash.
D) A,B va C javoblar to`g`ri. 
5) Molyaviy funksiyaning vazifalari bular – 

A) Soliq to`plash B) Bojxona nazorati.


C)Molyaviy nazorat. D) Barchasi to`g`ri.


http://fayllar.org



Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling