Davlat funksiyalari


Quldorlik davlatlarining tashqi funksiyalari


Download 85.27 Kb.
bet3/9
Sana18.11.2023
Hajmi85.27 Kb.
#1783429
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org

Quldorlik davlatlarining tashqi funksiyalari
1. Ular ham boshqa davlatlar kabi mamlakatni tashqi dushmanlardan 
mudofaa qilish funksiyasini amalga oshirganlar, qo`shni davlatlar bilan ma`lum
darajada aloqalar olib borishgan, savdo munosabatlarini o`rnatishgan. 
2. Ular boshqa mamlakatlar aholisini (hududini) bosib olish, talash, ezish,
soliq (boj, o`lpon) to`latish funksiyasini ado qilib turishgan. Bunday faoliyatning 
maqsadi boshqa davlatlar xalqlari hisobiga boyish, urushda asir tushganlarni esa
qul qilib ishlatish bo`lgan. Xuddi ana shu quldorlik jamiyatida dastlabki 
bosqinchilik urushlari kelib chiqqan, boshqa davlatlar hududini egallab olishga
ko`plab urinishlar yuz bergan. Bosqinchilik urushlari oqibatida qadimgi Urartu 
(Armanistonda), Eski Nisa (Turkmanistonda) davlatlari, Kushon saltanati
(O`zbekistonda) keyinchalik yo`q bo`lib ketgan. 
O`z mohiyati va mazmuni bilan quldorlik davlatlarining funksiyalari feodal
davlatlari funksiyalarida ham asosan takrorlanadi. 


Feodal davlatlarning ichki funksiyalari
1. Ijtimoiy (ommaviy) ishlar funksiyasi. Bu funksiya ayrim davlatlar, 
ayniqsa Sharkda sugorish asosida dehqonchilik ipshari olib boruvchi davlatlar
faoliyatida ko`proq bajarilgan. Masalan, Amir Temur va temuriylar hukmronligi 


davrida davlat tomonidan qator bunyodkorlik tadbirlari amalga oshirilganligi


olimlar tomonidan ta`kidlanmoqtsa. Bu haqda Alisher Navoiyning «Farhod va 
Shirin» dostonida ham, sugorish inshootlari qurilishida qahramonlik ko`rsatganlar
xususida gapiriladi. O`sha davlatlar bu yo`nalishda madaniy-oqartuv, maorif, 
aholiga turli xizmat ko`rsatish borasida ham ma`lum umumiy ishlarni olib
borganlar. Bu ishlar aholining barcha tabaqalariga taalluqdi bo`lgan va butun 
mamlakat farovonligiga xizmat qilgan.
2. Shu bilan birgalikda davlat ishlab chiqarish qurollari va vositalariga 
bo`lgan feodal mulkchiligini ustun darajada qo`riqlash funksiyasini barcha
tashkiliy va huquqiy usullar va choralar bilan amalga oshirib turgan. Shunday 
bo`lmasligi mumkin ham emas edi. Chunki aholining iqtisodiyotda hukmron
bo`lgan guruhlari siyosiy hokimiyatda yagona kuch bo`lib, davlatni o`z manfaatiga 
xizmat qilishga yo`naltirgan, feodallarning erga bo`lgan mulkchiligini himoya
qilgan.

3. Bu ham kam edi. Feodal davlatlari krepostnoy dehqonlarni qaramlikda


tutib turish, lozim bo`lganda ularning qarshiligini bostirish funksiyasini atyu qilib 
turishgan. Bunday faoliyatni hatto alohida feodallar ham
4. Buning ustiga feodal davlatlari xalq ommasini mafkuraviy tomondan 
tarbiyalash funksiyasini ham bajarib turgan va bunda din aqidalari va
tuzilmalaridan mohi-rona foydalangan. Buning ustiga ular dunyoviy bilimlar 
sohiblariga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Buyuk olimlik darajasiga
ko`tarilgan Kopernik, Mirzo Ulug`bek va boshqalar fojiasi buning dalilidir. 



Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling