Davlat funksiyalari


Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida


Download 85.27 Kb.
bet4/9
Sana18.11.2023
Hajmi85.27 Kb.
#1783429
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org

Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida 

uam yaqqol ko`zga tashlanadi.
1. Tabiiyki, feodal davlatlari ham o`z aholisi va hududlarini tashqi 
dushmanlardan himoya qilish funksiyasiga ega bo`lganlar va bunda xalq ommasini
va barcha vositalarni mamlakatning mudofaasi manfaatlariga xizmat qildirganlar, 
bu kurashni uyushtirganlar.
2. O`z navbatida, har bir feodal davlati o`z hududini boshqa mamlakatlar 
hisobiga kengaytirish funksiyasini keng ravishda amalga oshirib kelishgan. Feodal



davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni


bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda bosqinchilik natijasida 
yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra
mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu 
urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab
davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan. 
Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib, takomillashib borgan, ular o`z
tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga, 
shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga
qarshi kurashga xizmat qilgan. 
Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning tarix maydoniga kirib
kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik 
va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon
qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi, parlament kabi tushuncha 
va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi.
Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi, 
davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk
munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining 
mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi.

Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling