Davlat funksiyalari


SSSRda davlatning ichki funksiyalari


Download 85.27 Kb.
bet6/9
Sana18.11.2023
Hajmi85.27 Kb.
#1783429
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org

SSSRda davlatning ichki funksiyalari
1. Hokimiyatdan ag`darilgan sobiq ekspluatator sinflar qarshiligini bostirish. 
To`g`ri, ularning bir qismi mehnatkashlar safiga qo`shilib ketdi, qolganlari esa
sinfiy kurash siyosati asosida, sotsialistik kurashlarga qarshilik ko`rsatayotganlar 
sifatida jismonan yo`q qilib yuborildi. Bugina emas, mehnatkashlar, davlat va
jamoat arboblari safidan ham millionlab kishilar xalq dushmani, Vatan xoinlari 
sifatida bu kurashning qurboni bo`ldi. Umuman SSSR mazkur funksiyani «a`lo»
darajada bajardi. YAgona sinf diktaturasi oqibati ana shu qonli fojialar bilan 
tugadi.
2. Sinfiy kurashdan qo`li bo`shagan paytda sovet davlati muhim xo`jalik-
tashkilotchilik ishlarini ham olib bordi. Bunda davlat iqtisodiyotning deyarli
hamma masalalarini qat`iy rejalashtirish, mablag` va resurslar bilan ta`min-lash 
siyosatini va amaliyotini olib bordi, xalq xo`jaligini boshqarishda ma`muriy-
3[3][3]
Бу ҳақда батафсил қаралсин: Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства. 
М.Юрид. литература, 1970, 215-bet; Кутафин О.Е. Плановая деятелъностъ Советского государства. М.Юрид.
литература, 1980, 239-bet; Загайнов Л.И. Экономические функции Советского государства. М.Юрид. 
литература, 1968, 263-bet; Давлат ва ҳуқуқ, назарияси. Дарслик, Тошкент, 1982, 106-108-betлар ва бошқалар.



buyruqbozlik usullari tufayli umumiy rivojlanish natijalari ham ancha sezilarli


bo`ldi. Ishlab chiqarishda yagona davlat bankiga tushgan foydalar hisobiga keng 
doirada sanoatni, qurilishni, qishlok xo`jaligini jiddiy rivojlantirish uchun
imkoniyat yaratildi. 
3. Sovet davlati olib borgan madaniy-tarbiyaviy funksiya asosida
savodxonlik ancha oshdi, ta`lim, san`at, adabiyot va dunyoviy fanlar rivojlandi. 
Biroq yagona mafkura ta`siri ostida tarixiy va milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlardan foydalanish qat`iy cheklandi. 
4. Davlat mehnat va iste`mol me`yori ustidan nazorat olib bordi hamda
aholiga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirib 
turdi, ishsizlikka barham berildi.
5. Sotsialistik mulkni qo`riqlash funksiyasi. Uni davlat nihoyatda 
qattiqqo`llik bilan, 1932 yilda bu mulkni talon-toroj qilganlik uchun hatto o`lim
jazosini joriy yetish, 1947 yildagi farmon bilan esa uni saqlab qolish bilan olib 
bordi. Chunki davlat (sotsialistik) mulkini qo`riqlash ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning asosi, deb tushunilar edi. Amalda ham shunday bo`lgandi. 
6. Davlat rasman fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo`riqlash
funksiyasini ham olib bordi. Biroq millionlab kishilarning qonuniy asoslarsiz yo`q 
qilib yuborilishi, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishi bunday
funksiyaning avj olishiga tamoman zid edi. 
7. Sovet davlati tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza yetish bo`yicha
ham tashkiliy-huquqiy tadbirlar belgilagan edi. Ammo bunda sezilarli natijalarga 
hali erishilmagandi. Aksincha, sovet tuzumi tabiatga ayovsiz ta-lafotlar yetkazdi.

Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling