Davlat funksiyalari


Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari


Download 85.27 Kb.
bet5/9
Sana18.11.2023
Hajmi85.27 Kb.
#1783429
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org

Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari
1. Kapitalistik xo`jalik tizimini va xususiy mulkchilikni muhofaza yetish. 
Ushbu funksiya barcha davlat apparati faoliyatida, huquqiy hujjatlarda o`z
ifodasini topadi. 
2. Kapitalistik munosabatlar chuqurlasha borgan sari burjua davlatlari
inqilobiy va ishchilar harakatini bostirish funksiyasini ham bajarib boraveradi. 
Chunki ishchilar va dehqonlar mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlarini ifodalay
boshladi va xususiy mulkchilikka, ekspluatatsiyaga qarshi kurash ochdilar. 
Shunday ekan, burjua davlati bunday harakatlarni bostirib kelaverdi.
3. Butun xalq ommasini davrning hukmron mafkurasi ruhida tarbiyalash. Bu 
funksiyani amalga oshirishda burjua davlati radio, televidenie, matbuot, madaniy-



oqartuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi.


4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalistik munosabatlar 
monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham
o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan 
holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga
ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan 
iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni
belgilaydi. Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga, 
tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas.
5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va 
jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash
funksiyasini ham bajarmoqda. 


Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari 
1. Yirik va qudratli burjua davlatlarining o`z mamlakatini mudofaa qilish 
faoliyati dunyodagi butun kapitalistik tuzumni muhofaza qilish funksiyasiga
aylandi. Shu maqsadda bizning asrimizda jahonning turli mintaqalarida harbiy
iqtisodiy bloklar, hamjamiyatlar barpo etildi, mazkur tizimni qo`riqdash butun
davlatning umumiy ishi, deb tushunildi. NATO buning yaqqol ko`rinishidir. 
2. Ming afsuski, kapitalistik davlatlar faqat mudofaa bilan shug`ullanmadi,
balki bosqinchilik urushlari siyosatini ham olib borgan. Ularning aybi bilan XX 
asrning birinchi yarmida ikki marta o`ta dahshatli jahon urushi va lokal urushlar
olib borilib, o`n millionlab insonlar qurbon bo`ldi. Bunda jahonda hukmron 
bo`lish, boshqa xalqdar boyligini egallash, gegemonizm g`oyalariga suyanib ish
ko`rilgan. 
3. Er sharida «sotsialistik» deb atalmish davlatlarning paydo bo`lishi va
yashay boshlashi kapitalizmni qattiq tashvishga soldi, uning mustamlakachilik 
siyosatiga ketma-ket zarba bera boshladi. Shu boisdan ham ular boshqa
davlatlardagi inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarini bostirish funksiyasini ham 
bajara boshladilar. Hozir zamon o`zgardi, bu funksiyaga ehtiyoj ko`p jihatdan
kamayib ketdi. 


Bugina emas, kapitalistik davlatlarning ishchilar va inqilobiy harakatdan,


sotsialistik tuzum xavfidan «tashvishlanishi» etmish yillik davrdan keyin deyarli 
yo`qoldi. Insoniyat ming yillardan buyon tabiiy ravishda taraqqiy yetib kelgan
yo`lga qayta kirib kelmoqda. Endi o`ylab qarasak, Rossiyada 1917 yildagi Oktyabr 
to`ntarishi g`ayritabiiy harakat bo`lganligi tobora aniq bo`lmoqda.
To`g`ri, marksizm va sotsializm g`oyalari insoniyat rivojlanishidagi yaxshi 
hayot ramzi sifatida emas, balki millionlab kishilarning ogar turmushi, yaxshi
yashash uchun qilgan orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgandi. Sotsialistik 
inqilob, prolyetariat diktaturasi ana shunday go`zal va boy turmushga olib kelishi
tasavvur etilar edi. Lekin bunday bo`lib chiqmadi. 70 yildan ortiqroq vaqt 
yashagan nihoyatda qudratli SSSR mustaqil davlatlarga tarqalib, bo`linib ketdi,
sotsializm va kommunizm kurash nazariyasi va amaliyoti asrimizning 90-yillariga 
kelib barbod bo`ldi. Biroq sotsialistik davlat 1917 - 1991 yshsharda tarixda
yashadi, qator funksiyalarni ozmi-ko`pmi amalga oshirib keldi
3[3][3]3
. Ularni 
qisqacha ko`rib o`tmaslik mumkin emas.

Download 85.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling