Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining ahamiyati


Download 31.62 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi31.62 Kb.
#1436924
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5393544029654749351



Ma’naviy qashshoq odamni xohlagan tomonga boshqarsa bo’ladi. Chunki unga istagan sarobni ko’rsatib unga obii-hayot deb ishontirsa bo’ladi.
(Donolar bisotidan)
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining ahamiyati.

Hammamizga ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-maydagi “Ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4307-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 yanvardagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Kengash yig’ilishi ijrosi yuzasidan 2021 yil davomida har haftaning juma kunlari o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy , mavkuraviy mavzularga oid “Ma’rifat soatlari” o’tkazlishi to’g’risida ta’kidlab o’tilgandir.


“Biz yosh avlodning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” . Yosh avlodni kelajakda mukammal, komil inson, ma’naviyatli, ma’suliyatli, yurtimiz ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shadgan jonkuyar inson etib tarbiyalash uchun albatta poydevorni mustahkamlashimiz darkordir. Buning uchun tarbiyachi-pedagogning o’zi avvalambor ma’naviyati yuksak inson bo’limog’I darkordir. Ayniqsa, oilada, DMTM larida va boshlang’ich ta’limda mustahkam poydevor qo’yiladi, chunki bu davrdagi tarbiya bolalarda jo’shqinroq kechadi.Xo’sh tabiiyki savol tug’iladi. Ma’naviyati yuksak tarbiyachi-pedagog inson qanday bo’lmog’I kerak? Ma’naviyat to’g’risida quyidagi fikrlarga e’tibor beraylik:
Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”“Ma’naviyat'> “Ma’naviyat – (arabcha – ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat – kishining ichki, ruhiy, axloqiy qiyofa tushunchasi bo’lib, ma’lum bir axloq me’yorlari, maromlari asosida yashash tarzi, umuman hayotidir”, “Inson, ona qornidan boshlab, butun hayoti davomida orttirgan foydali bilimlarini amalda qo’llayverish natijasida unda hosil bo’lgan ko’nikma va malaka, uning hayot tarziga aylanganlik darajasi ma’naviyat deyiladi”. Binobarin, ma’naviyatga quyidagi falsafiy ta’rifni bersa bo’ladi. Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir .“Ma’naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongli, aql – zakovatining mahsuli”. “Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha” . “Ma’naviyat – har bir insonning ichki ruhiyati, aql – zakovati, uni o’zini – o’zi anglash, yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbi, oldinga qarab yangi marralar sari ongli ravishda faollik ko’rsata bilish va intilish salohiyatidir”.“Ma’naviyat ko’p qirrali hodisa bo’lib, axloqiy (odob, burch, mas’uliyat tuyg’usi), ilmiy, ijodiy, amaliy malakalar (mehnat, ijodkorlik, iste’dod, qobiliyat), diniy, mafkuraviy qarashlarning yaxlit birligidir” . “Ma’naviyat millatning asrlar davomida shakllangan, ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy – madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ichki (aqliy) intellektual va salbiy hissiy dunyosidir” . “Ma’naviyat – inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir”. “Ma’naviyat gul ekishdan to shahar qurishgacha, vatan himoyasiga yarash, milliy oriyat, muhabbat, otalik, akalik, aka – ukalik, eru – ayollik, ilmiy, ro’zg’or tebratish siri, kuyni tinglay olish, tasviriy san’atni o’qish, fuqarolik mas’uliyati, tarix qoshidagi qarzdorlik, ota – buvangdan qolayotgan aqidalarni farzandingga ham eson – omon yetkazishdir”  “Ma’naviyat – insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali tushuncha” . “Ma’naviyat (arab. mano, ma’nolar majmuasi) – moddiy hayot bilan doimo yonma – yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa” .Ma’naviy poklik – odamlarni halollikka, bag’rikenglikka, mehr – shafqatli bo’lishga chorlash va bu borada o’zi ibrat – namuna ko’rsatish . Ma’naviy e’tiqod – u ma’naviy idealdan iborat bo’lib, ehtiyoj ko’nikma va malakalarning shakllanishi asosida paydo bo’ladi.Keltirilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, murakkab ijtimoiy hodisa bo’lgan ma’naviyatning ma’lum bir tarkibiy qismi yoki uning u yoki bu xususiyati yoki ahamiyatini ifodalaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, DMTTda ma’naviyatning mukammal ta’rifidan uzluksiz ta’lim tizimining har bir turiga tegishli xususiy holdagi ta’riflaridan ham foydalanish kerak bo’lar ekan. Bunga sabab uzluksiz ta’lim tizimi uchun har bir turda ta’lim – tarbiyaga qo’yilgan alohida talablar mavjud. Masalan oiladagi yoki DMTTdagi ma’naviyatga berilgan talab oliy ta’limdagi talabga to’g’ri kelmaydi yoki aksincha. Demak, uzluksiz ta’lim tizimi uchun xususiy ta’riflardan umumiyroq bo’lgan ta’riflarga o’tib borish, ya’ni induksiya tadqiqot usuliga asoslangan holda ta’riflar iyerarxiyasini shakllantirib borgan ma’qul ekan. Umuman olganda ma’naviy tarbiyada milliy madaniyatimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy merosimizni tarixiy ildizlariga e’tibor berishimiz va ularni yanada boyitib (bu sohadagi tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirib) bugungi yoshlarimiz ongi va qalbiga chuqur singidirish masalasiga katta e’tibor qaratish lozim bo’ladi, chunki bu ma’naviy boylik asrlar davomida shakllangan. Bular avloddan – avlodga o’tishda ko’plab sinovlardan o’tgan va vaqti kelganda ulardan xalqlarimiz foydalangan, ya’ni ular xalqlarimizga madad bo’lgan.Bolalar ma’naviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro’li siymolar deb bilishlaridir. Shuning uchun ham biz o’z farzandlarimizning baxtu saodati, iqboli va kamolini ko’rishni istaymiz. Buning uchun farzandlarimizga milliy urf – odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimizni chuqur singdirish va shakllantirishimiz lozim. Bu oila ma’naviyatining asoslaridir. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” degan ma’naviy fikr oila ma’naviyati bilan DMTT da tashkillashtiriladigan “Ma’naviyat saboqlari”da muhimdir. Shuning bilan birga bunday ko’rsatmaviy fikrni og’ishmay amalga oshirishda ota – onalar va DMTT da faoliyat ko’rsatayotgan murabbiy yoki tarbiyachidan quyidagi qonun – qoidalarga amal qilinishi talab etiladi:

  • tarbiyalanuvchilarga nisbatan samimiy munosabatda bo’lish kerak va ularning har biriga xos individual xususiyatlarini bilib oling;

  • hamma tarbiyalanuvchilarga bir xil munosabatda bo’ling;

  • tarbiyalanuvchilarga ta’lim – tarbiya berishda sharqona usullardan foydalaning;

  • tarbiyalanuvchilarga ta’lim – tarbiya berishda milliy qadriyatlarga va milliy urf – odatlarga suyaning;

  • turli tadbirlar va bayramlarni DMTT ning umumjamoasi bilan birgalikda o’zaro yordam asosida o’tkazing;

  • tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikr yuritishiga imkoniyat yarating, o’zlaring burch va vazifalarini bajarib borishiga o’rgating;

  • DMTT da tarbiyalanuvchilarning bir – birini kamsitishiga va xo’rlashiga yo’l qo’ymang, turli g’iybat va fisqu – fasod gaplar bo’lishining oldini oling;

  • guruhda tarbiyalanuvchilarning isyon ko’tarishiga yo’l qo’ymang. Unutmang bu nafaqat DMTT ga, balki oilaga ham, jamiyatga ham xavflidir;

  • tarbiyalanuvchilarga qo’rqitish, zulm qilish orqali tarbiya bermang. Unutmang, siz bu orqali baxtsiz yoki yakka – yolg’iz kishilarning shakllanishiga sabab bo’lasiz. Eng yomoni, ularning ushbu hatti – harakati jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;


  • Download 31.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling