3. Oriyat va oriyatlilik.
“Oriyat-jondan qimmat”.A. Shopеngauer
Ushbu mashg’ulotda oriyat kategoriyasi va oriyatli odam haqida ma’lumot berilishi kerak. Oriyat tushunchasini oilaning yoki mahallaning or-nomusi bilan bog’lab tushuntirgan ma’qul. Bolalarga odamlar ichida moddiy manfaatdan ko’ra or-nomusni afzal ko’radigan odamlar borligini tushuntirib bunga pahlavonlardan, tashkilot rahbarlaridan, vatan qahramonlaridan misollar keltiring. Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
Siz o’zbeksiz, o’ziga beksiz, Arzigay etsangiz mingbor iftixor,
Shu ulug’ shuhratga munosib bo’lib, G’am-alam neligin ko’rmangiz zinhor. Kalonxonov M.,
Birovning oldiga borgandan non deb, Uyda jim o’tirgan yaxshidur jon deb. Har kim tama’ yo’lin tutsa agar pesh, Oqibat bir kuni bo’lg’usi darvesh. Nizomiy Ganjaviy
Mashg’ulotda inson or-nomusi, mahalla ori va vijdoni, degan axloqiy tushunchalarni bolalar ongiga singdirishga erishsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’ldi, degan xulosaga kelishingiz mumki
4. Nomusingiz - oringiz va g’ururingizdir.
Bu mashg’ulotlarni bazi bir chaqiriqlarni aytish va ularning mazmunini bolalar ongiga singdirish orqali olib borgan ma’qul. Ya’ni:
qani yigitlar g’ururingiz, nomusingizni saqlang, kam bo’lmanglar, bo’shashmanglar!;
qizning nomusi oilaning nomusi, bungga oringiz qanday yo’l qo’yadi;
falon oilaning nomusi hammamizning nomusimiz, sizlarda g’urur bormi o’zi va shu kabilar. Bu mashg’ulotga oid didaktik materiallar sirasiga quyidagi kiradi:
“Har bir azobga ham roziman tayyor Nomusim aziyat chekmasin zinhor”. Pyer Kornel
“El mehrini qozon ey o’g’lim,El duosi-oliy saodat. O’z xalqiga qayishsa har kim, Chekinadi ofat,qabohat”. Kalonxonov M., Kalonxonova M
“To’g’rilik odamni balodan qutqaradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |