Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining ahamiyati


Download 31.62 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi31.62 Kb.
#1436924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5393544029654749351

1.“Uyat-o’limdan qattiq” (Otalar so’zi)
Uyat va uyatsizlik. Bu mavzuda mashg’ulot olib borishda dastlab biror kishini uyatli ish qilganini va bunday holatning uyatsizlik ekanligini bolalarning o’ziga ma’qullatib olish kerak. Bu mavzu bo’yicha ish ko’rganda sharm-hayo tushunchasiga ham e’tibor qaratish kerak bo’ladi, chunki uyat va uyatsizlik tushunchasini bolalar ongiga singdirishda hayosizlik turmushda ko’pgina fojialarni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak. Ana shu asosda “so’ngi pushaymon o’zingga dushman”, degan hukmiy fikrning mohiyatini bolalarga mos va xos aniq dalillar asosida tushuntirish kerak. Bu bolalarning DMTTsida o’ta muhimdir. Ushbu mashg’ulotlarlarda quyidagidek qimmatli ma’lumotlardan foydalaning:


  • “Hayo birla adab yoshlik chiroyini orttirur”. Habibi

  • Hayo imondandur, hayo doimo yaxshilik keltiradi”. (“Hadis”)
    “Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki bo’lagidur”. (“Hadis”)

  • “Odamiylik dini birla, Toza imon O’zbegim ... ”. Erkin Vohidov

  • Bular o’zbek xalq mentalitetini ham belgilab beradigan mezonlardir.

  • Mashg’ulot oxirida quyidagicha xulosaga kela olsangiz mashg’ulotingiz samarali bo’lgan bo’ladi:

  • demak, uyat - jamiyatning va insonning insoniyligini belgilovchi buyuk fazilat ekan;

  • uyatsizlik - esa birovning haqiga jabr qilish, birovlarga nomardlik qilish va inson degan nomga dog’ tushiruvchi yaramas ishlar qilishga odatlanggan kishi turmush tarzi ekan.

2“Dunyoda insofli odamdan buyukroq zot yo’q”

  • Insof va insoflilik.

Bu mavzu bo’yicha ish olib borishda odamlarda insofning borligi va shu tarzda turmush kechirayotgan odamlarni insofli kishi deb atash mumkinligi to’g’risida bolalarga ma’lumotlar berishni o’ylash kerak. Shuningdek, mashg’ulot paytida “Insof sari baraka”, “Insof qiling-da birodar”, “o’g’ri bo’l, g’ar bo’l, insof bilan bo’lginda” kabi xalqimizda shakllangan fikrlarning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qiling. Tarbiyalanuvchilar ongiga insofli odam bo’lish insoniylik belgisi ekanligini va unga erishish uchun katta mehnat qilib o’tirish shart emasligini, faqatgina bunga ozgina qunt qilish kerakligini singdirish va amal qilgan odam doimo kam bo’lmasligini o’qtirib borish kerak.

  • Bu mashg’ulotda quyidagi didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
    “Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi”. (“Hadis”)

  • “Insof eng yaxshi fazilatdir. Kimda insof bo’lsa, u mard kishidir”. (“Otalar so’zi”)

Mashg’ulotni olib borishda insofli odam o’zining g’ururini, oru-nomusini saqlay oladi va shu g’urur hamda nomus uchun doimo kurashib yashash kerak, degan xulosaga kelishga harakat qiling!

Download 31.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling