Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining ahamiyati
tarbiyachi yoki pedagogning shaxsiy namunasi
Download 31.62 Kb.
|
2 5393544029654749351
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlariga e’tiborimizni qaratsak
tarbiyachi yoki pedagogning shaxsiy namunasi: odob – axloqli bo’lish; mehnatsevarlik xislati shakllangan bo’lishi; ozodalik – intizomlilik shiori bo’lishi kerak;
tarbiyachi yoki pedagogning yuqori muomala madaniyati: shirinso’z, muloyim, xushfe’l bo’lishi kerak; tarbiyachi yoki pedagogning faoliyat yuritishi: hamkorlik, hamjihatlik bilan faoliyat yuritishni bilishi kerak. Qayd qilingan qonun – qoidalarga amal qiladigan tarbiyachi yoki pedagogning DMTT ning ma’naviy muhitini qaror toptira olishi mumkin, chunki bu qandaydir alohida, uzib olingan tarbiya vositasi esa, balki ota – onalar va murabbiy va tarbiyachilar olib boradigan har taraflama tarbiyaviy ishlarning bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatishi natijasidir. Shuning uchun bunday tarbiyaviy ta’sirlar yil davomida olib borilishi kerak. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlariga e’tiborimizni qaratsak Hammamizga ma’lumki DMTT da 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan tarbiyalanuvchilar tarbiyalanib ta’lim oladi. Tadqiqotlarimizning ko’rsatishicha, DMTTda “Ma’naviyat saboqlari” ni o’tkazishga imkoniyat bor ekan. Bungga sabab DMTT dagi dastlabki davrdayoq jamoaning va jamoadagi tarbiyalanuvchilarning inoqlashuv davri boshlanadi. Bu davrda tarbiyalanuvchilar o’z pedagog va tarbiyachilarini diqqat bilan o’rganadilar. Pedagog murabbiy va tarbiyachilarning DMTT dagi asosiy vazifasi - hamisha ijobiy holatda bo’lish, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir. Demak, ular DMTT dagi jo’shqin faoliyatning boshqaruvchisidir. Bu borada mohir boshqaruvchi bo’lish pedagog va tarbiyachilarning baxti hamdir. Bu jo’shqin faoliyat yana shunisi bilan ahamiyatliki, DMTT da tarbiyalanuvchilarning o’zaro va pedagog hamda tarbiyachilari bilan bo’ladigan munosabatlari yanada chuqurroq va mazmundorroq bo’ladi. Tarbiyalanuvchilarda o’z-o’zini o’rganish va tarbiyalashga ishtiyoq kuchayadi. Pedagog va tarbiyachilar bu davrda tarbiyalanuvchilar uchun yaqin maslahatchi, yo’l ko’rsatuvchi, yaqin kishiga, o’rtoqga, do’stga aylanadi. Bu tarbiyalanuvchilarga jamoaning hayoti haqida gapirishga, takliflar va tavsiyalar berishga sharoit yaratsa, pedagog va tarbiyachilarga esa har bir bola bilan suhbatlashishga, har bir bolaga e’tibor qaratishga imkoniyat beradi. Shu sababli ham DMTTning deyarli barcha guruhlarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Kichik yoshdagi guruhlarga (3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi) bunday mashg’ulotlarni nima yaxshi-yu, nima yomon, nima mumkin-u, nima mumkin emas? kabi savollar orqali olib borish mumkin. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanadigan guruhlarda esa muayyan mavzu bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borsa bo’ladi. Quyida DMTTda olib boriladigan “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarining namunaviy mavzulari tizimini keltiramiz (Ularning barchasida mashg’ulotning umumiy maqsadi mashg’ulot bo’yicha belgilanggan ta’limiy, tabiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar uyg’unligida shakllantiriladi): Download 31.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling