(“Otalar so’zi”)
5. Odob va odoblilik.
Bu mavzu bo’yicha ish olib borishda DMTTdagi bola odobi to’g’risida faoliyat yuritganingiz ma’qul. Odobning inson uchun go’zallik bezagiekanligi, shuning uchun odobli bolani ota-onasi ham, qarindosh-urug’lari ham, do’stlari ham yaxshi ko’rishligini ular ongiga singdirish kerak. Ularga mos quyidagidek didaktik materiallardan foydalanggan ma’qul:
“Odob ahli bilan hamsuhbat bo’lish - gullar hidi ufurayotgan tong nasimidin ham shirin”. (“Otalar so’zi”)
“Odobli odam tabibga o’xshaydi, u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi”. (“Otalar so’zi”) “Aql bilan odob jism bilan jon”. (“Otalar so’zi”) “Axmoq g’azablansa, shayton unga akalik qiladi”. (“Otalar so’zi”)
“Sababsiz kulgu-beodoblik belgisi”. (“Otalar so’zi”)
Tarbiyalanuvchilarga odoblilik bilan odobsizlikning farqini singdira oldingizmi, demakki siz bu mashg’ulotni uddaladingiz. Mashg’ulot xulosasi shuni ta’minlasa bo’ldi. Mashg’ulotingizning xulosa qismi nomusni saqlash muqaddas burch ekanligi va uni saqlash uchun inson oriyatli va g’ururli bo’lish kerakligini tarbiyalanuvchilar ongiga singdirishga erishishga harakat qiling!
“Muhtojligi kam odamning umri uzoq bo’ladi”. (“Otalar so’zi”)
6. Tejamkorlik – muhtojlikka mubtola bo’lmaslikning asosidir.
Bu mashg’ulotda avvalo mavzuning mazmunini bolalarning yoshiga mostarzida shuntirish kerak. Ayniqsatejamkorlik nima? va muhtojlik nima?, degan savollarga javob berishi kerak. Bunda oila iqtisodi, oila yehtiyoji, oilaviy orzu-havas, oila imkoniyati kabi tushunchalarga ham e’tibor berilsa yaxshi bo’ladi. Bu mavzuda quyidagi didaktik materiallardan foydalanishni tavsiya etamiz:
“Pul, halol, pok yo’l bilan qilinggan mehnat evaziga topilmog’i lozim”. (“Otalar so’zi”)
“O’g’rilik, pora, aldamchilik, qalloblik bilan orttirilgan boylik haromdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |