Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar
-rasm. Umumdavlat moliyasi
Download 385.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti
1.1-rasm. Umumdavlat moliyasi
1 Davlat byudjetidan tashqari jamg’armalar tashkil etish uchun quyidagi omillar ta’sir etadi: • Iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda tijorat va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar hisobidan yangi shakldagi qo’shimcha Davlat fondlarini tashkil etish; • Davlatning byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muommoni bartaraf etish yoxud mavjud muommolari ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib , davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli yo’nalishga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’uladi; • Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklda qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada ko’paytiradi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar umudavlat moliyasining muhim bo’g’ini bo’lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan. Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik fondlarni tashkil etishga kata e’tibor berilmoqda. Ushbu fondlarning daromad qismini shakllantirishda byudjet mablag’lari qatorida yirik kompaniyalarning mablag’lari, universitetlarning badallari va boshqa manbalardan foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlangan fondlarning mablag’lari fundamental tadqiqotlar, ilmiy markazlar qurilishi, kadrlarni tayyorlash sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. 1 Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya: umumnazariy masalalar (o’quv qo’llanma) / Toshkent Moliya instituti. – Toshkent, 2007. asosida tayyorlandi Davlat moliyasi va mahalliy moliya Davlat byudjeti Davlat maqsadli fondlari Davlat krediti Ayni paytda «byudjetdan tashqari davlat fondlari nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur» 2 . Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling