Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar


Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari


Download 385.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi385.46 Kb.
#1500153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti

4. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari 
Jahon tajribasida davlat maqsadli fondlarining juda ko’p turlari mavjud va bu ularni 
ikki katta guruhga ajratish mumkin: 
 ijtimoiy yo’naltirilgan fondlari (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug’urta fondlari, 
davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash 
umummilliy fondlari); 
 iqtisodiy yo’naltirilgan fondlari (o’z yo’nalishi va manbalariga ega). 
Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini 
yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya 
qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni 
ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlari jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining 
rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Davlat maqsadli fondlarining mablag’laridan foydalanish fondlarining maqsadi, aniq 
iqtisodiy sharoitlar va ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan kelib 
chiqiladi.Mablag’larning ma’lum bir qismi ta’sischilik faoliyatiga hamda qimmatli qog’ozlarga 
quyiladi. Davlat maqsadli fondlari investor sifatida hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida 
ishtirok etishi mumkin.
Davlat maqsadlifondlari maqsadli fondlari maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda 
ularning nomida mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Davlat maqsadlifondlarini 
shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab 
aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning 
iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi. 
Byudjetdan tashqari fondlar haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash lozimki, bu fondlar har 
doim ham davlatga tegishli bo’lmaydi, jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy 
ehtiyojlarni kengayishi jamiyat a’zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini 
qondirishga maqsad qilib quyilgan nodavlat byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga 
to’rtki bo’ldi. Maqsadli jamg’armalarni quyidagi xususiyatlar bo’yicha tasniflash mumkin (2-
rasm): 
Tashkiliy usuliga ko’ra: 
- maqsadli jamg’armalarni tashkil qilish uchun mahsus ajratilgan byudjet mablag’lari 
hisobidan;
- o’z mablag’lari hisobidan. 
Shakllanish usuliga ko’ra: 
- Mahsus o’rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga; 


- Davlat byudjetidan assignatsiyalar; 
- Mahsus yoki ixtiyoriy zaymlarnichiqarish; 
- Qimmatli qog’ozlar emissiyasi va joylashtirilishi orqali. 
Amal qilish muddatiga ko’ra: 
- Doimiy, doimiy va uzoq muddatda faoliyat yurituvchi; 
- Vaqtinchalik, jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki 
ekologik vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. 
Tegishlilik huquqi va mulkiy tegishliligiga ko’ra: 
- davlat; 
- davlatlararo; 
- xalqaro. 
Maqsad va vazifalariga ko’ra: 
- ijtimoiy; 
- sug’urta; 
- iqtisodiy; 
- kredit; 
- ilmiy-tadqiqot; 
- investitsion
- ekologik; 
- siyosiy va boshqalar. 
Markazlashish darajasiga ko’ra: 
- markazlashgan; 
- markazlashmagan. 
Mablag’lar ishlatilishining maqsadli yo’naltirilishiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlar 
ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa fondlarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi fondlar davlat 
organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko’mak beradi.Ushbu fondlarni shakllantirishda 
asosan sug’urta qilingan shaxslarning sug’urta badallaridan, tadbirkorlarning sug’urta 
badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. O’zbekiston 
Respublikasida ijtimoiy fondlarga Pensiya Fondini, Bandlikka ko’maklashuvchi davlat 
jamg’armasini va boshqa nodavlat fondlarini (“Nuroniy”, “Mehr nuri”, “Sen yolg’iz emassan” 
fondlari) kiritish mumkin. Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, 
nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam 
olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek 
konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlar jamiyatning xo’jalik va 
ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. O’zbekiston 
Respublikasida iqtisodiy fondlarga Respublika Yo’l fondini, davlat mulk qumitasining mahsus 
hisob varag’ini va boshqa fondlarni kiritish mumkin. 
Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik fondlarni tashkil 
etishga kata e’tibor berilmoqda. Ushbu fondlarning daromad qismini shakllantirishda byudjet 
mablag’lari qatorida yirik kompaniyalarning mablag’lari, universitetlarning badallari va boshqa 
manbalardan foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlangan fondlarning mablag’lari fundamental 
tadqiqotlar, 
ilmiy 
markazlar 
qurilishi, 
kadrlarni 
tayyorlash 
sohasidagi 
dasturlarni 
moliyalashtirishga yo’naltiriladi. 
Turli mamlakatlarda turli yo’nalishlarga qaratilgan fondlar ularda tanlangan moliyaviy 
siyosatiga mos ravishda tashkil etiladi. Bir mamlakatda mavjud bo’lgan byudjetdan tashqari 
fondning mavjudligi ikkinchi bir mamlakatda ham huddi shu fondning mavjud bo’lishiga asos 
bo’lmaydi. Masalan, Rossiya federatsiyasida Ijtimoiy sug’urta fondi mavjud, O’zbekiston 
Respublikasida ijtimoiy sug’urta funktsiyasini Pensiya fondi bajaradi. 
Davriylik xususiyatiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlarni doimiy va vaqtinchalik 
fondlarga ajratish mumkin. Vaqtinchalik fondlar ma’lum bir davrga tuzulib, o’zining oxirgi 
maqsadini amalga oshirganidan so’ng to’xtatiladi. Masalan O’zbekiston Respublikasida
vaqtinchalik fondlar jumlasiga Maktab ta’limi fondini kiritish mumkin. Ushbu fondning tashkil 


etilishi va foydalanilishi 2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy Dasturini amalga oshirish bilan bog’liqdir. 
Davlat byudjetida jamlangan byudjetdan tashqari fondlar davlat maqsadli fondlar 
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli 
byudjetdan tashqari fondlar tarkibi keltirilgan. 
Byudjetdan tashqari fondlar maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda ularning nomida 
mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirishning 
manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi.
Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va 
moliyaviy holati ta’sir etadi. 

Download 385.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling