Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar


  “Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti va


Download 385.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi385.46 Kb.
#1500153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti

2. 
“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti va 
maqsadi 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida davlat maqsadlimaqsadli pul fondlarining o’rni va roli juda muhimdir. 
Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush 
daraja-sini oshirishda, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga 
davlat maqsadli fondlaridan ham foydalaniladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib 
borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini 
ta’minlaydi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari 
belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga 
oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori 
barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni 
tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom 
ettirildi.
O’zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo’llari uchastkalarini 
qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning strategik ahamiyatini 
inobatga olgan holda, «O’zavtoyo’l» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo’l 
jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklariga avtomobil yo’llari qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, yo’llar bo’yidagi 
infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan 2015 yil uchun belgilangan vazifalarni so’zsiz bajarish 
bo’yicha amaliy choralar ko’rish vazifasi topshiriladi
3

Ayni paytda davlat maqsadli davlat maqsadli fondlari nafaqat davlatning daromadlar 
bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilishi, balki jamiyatda ijtimoiy 
masalalarni ham o’z o’rniga ega bo’lishi kerak. 
 “Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining maqsadi iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash sharoitida talabalarga davlat maqsadli jamg’armalarining zarurligi, 
ahamiyati, qonuniy asoslari, fondlarning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini 
o’rgatishdan iboratdir. 
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining vazifalari:
 
Davlat maqsadli fondlarining zarurligi, maqsad va vazifalari; 
 
Davlat maqsadli fondlarining tashkil etishning huquqiy asoslari; 
 
Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan 
samarali foydalanish amaliyotini tahlil qilish; 
 
Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan 
samarali foydalanish amaliyotini tahlil qilish; 
 
Xorijiy davlatlarda davlat maqsadli fondlarini tashkil etish asoslarini o’rganish; 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda davlat maqsadli 
fondalaridan samarali foydalanish masalalarini ko’rib chiqishdan iborat. 
2
Vahobov A. A. Qosimova.G.A. Jamolov X.N., O’quv qullanma. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. «Moliya». T., 
2004. -96 b. 
3 Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 
berish – ustuvor vazifamizdir”, T.O’zbekiston, 2015 


Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti- davlat maqsadli va 
byudjetdan tashqari fondlarning qonuniy asoslari va faoliyat jarayonini nazriy jihatdan 
o’rganishdan iboratdir. 

Download 385.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling